Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Nişon tumanidagi boğçada bir guruh ayollar iştirokida ommaviy janjal sodir bölgani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat Maktabgaça ta'lim boşqarmasi holat böyiça munosabat bildirdi.

Munosabatda yozilişiça, Nişon tumanidagi 1-davlat maktabgaça ta'lim taşkilotida sodir bölgan hodisa yuzasidan viloyat MTB işçi guruhi tuzilgan va holat örganilmoqda. Örganiş natijalari haqida batafsil ma'lumot beriladi.

Kun.uz manbasiga köra, Nişon tumanida joylaşgan 1-sonli davlat boğçasida janjal 1 noyabr kuni sodir bölgan va unda boğça mudirasi ham iştirok etgan.

Janjalga boğça mudirasining tarbiyaçilardan birini işdan böşatişi sabab bölgan. Işdan böşatilgan tarbiyaçining yaqinlari boğçaga borib mudira bilan janjallaşgan. Oqibatda ommaviy janjal kelib çiqqan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyati Paxtaçi tumanida joylaşgan boğçadan xöjalik işlari mudiri göşt öğirlab çiqib ketayotganda tarbiyaçilar tomonidan uşlangani aks etgan videolavha tarqalgandi.