O‘zbekiston | 08:31 / 09.11.2021
7360
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiy xalqaro aeroportida 200 yo‘lovchi to‘plandi. Ularga ham jadvalda bo‘lmagan reysga chipta sotilgan  

Foto: Kun.uz

2021 yilning 8 noyabr kuni tushdan keyin Navoiy xalqaro aeroportida Rossiyaga uchib ketmoqchi bo‘lgan, biroq reysi jadvalda bo‘lmagan 200 nafar odam to‘plangan. Holat bo‘yicha Uzbekistan Airports izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 8 noyabr kuni Rossiyaning IFly aviakompaniyasi tomonidan Navoiy-Moskva hamda Navoiy-Sankt-Peterburg yo‘nalishlari bo‘yicha parvoz qilish niyatida Navoiy xalqaro aeroportiga 200 nafar yo‘lovchi kelgan. Lekin bu reyslar jadvalda bo‘lmagan.

Ta’kidlanishicha, yo‘lovchilar aviachiptalarni “Vostok Buxoro” kompaniyasining Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarida joylashgan turli filiallaridan xarid qilganini aytishgan.   

Navoiy aeroporti xodimlari chiptalarni sotgan kompaniya bilan bog‘lanib, yo‘lovchilarga kerakli ma’lumotlarni yetkazishni va vaziyatni bartaraf etishni talab qilgan. Kompaniya vakillari barcha yo‘lovchilarga chipta pullari qaytarilishini bildirgan. 

2021 yilning 3 noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Toshkent-Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha jadvalda yo‘q bo‘lgan reysga chipta sotilgani ma’lum bo‘lgandi. 4 noyabr kuni esa Urganch xalqaro aeroportida shu kabi holat kuzatilgandi.

Mavzuga oid