Şavkat Mirziyoyev rahbarligida yurak qon-tomir kasalliklarning oldini oliş va ularni davolaş tizimini takomillaştirişga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötmoqda.

“Tibbiyot mavzusi saylovoldi dasturimizdan keng örin olgandi. Odamlarning noroziligi tibbiyotning sifati yöqligi tufayli paydo bölyapti. Odamlarni rozi qiliş böyiça hali işlarimiz yetarli emas. Bugun kardiologiya va yaşil hudud böyiça yiğiliş ötkazişimiz lozim. Bugungi yiğilişda kardiologiya bilan birga endokrinologiya masalalari ham muhokama qilinişi lozim edi.

Lekin Endokrinologiya markazining yangi binosi, rahbari kabi masalalar hanuz yeçimini topmagani uçun yiğiliş kun tartibidan çiqarib yuborildi.

Meni hayron qoldirgani haligaça Endokrinologiya markazining rahbari yöq ekan. Qanday qilib bunga yöl qöyiş mumkin?

Xalqimizni rozi qiliş uçun har bir viloyatda hokimlar kamida 1 oy davomida tibbiyotdagi muammolarni tizimli örganadi. Şularni mujassam qilib, keyin dastur qabul qilamiz. Odamlarga va'da berdik, endi bajarişimiz şart. Bu rejalarni amalga oşiriş böyiça tinmay işlaşimiz kerak”, – deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.