Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaliq shahar mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i ayol kishiga qo‘l ko‘targani aytilmoqda
Olmaliq shahar mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i deyilayotgan shaxs ayol kishiga qo‘l ko‘targani tasvirlangan video tarqaldi. Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi va Harbiy prokuratura tekshiruv boshlagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahar mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i deya aytilayotgan harbiy kiyimdagi shaxs ayol kishiga qo‘l ko‘targani aks etgan video tarqaldi. Voqea Olmaliq shahri buyum bozorida ro‘y bergani aytilmoqda.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, hozirda holat yuzasidan Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi va Harbiy prokuratura surishtiruv ishlarini boshlagan.
“Tekshiruv natijasi yuzasidan qo‘shimcha xabar beriladi. Holat Mudofaa vazirligi tomonidan nazoratga olingan”, deyiladi vazirlik munosabatida.
Eslatib o‘tamiz, shu yil aprel oyida Olmaliq shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari sotuvchi ayolni sudragan, voqea videosi internetda tarqalgach, 11 nafar soliqchi ishdan bo‘shatilgandi.
Mavzuga oid
14:21 / 12.02.2026
PURL: London Kiyev uchun AQSh qurollariga 150 mln funt ajratadi
08:32 / 12.02.2026
YeI mudofaa vazirlari: Kiyevga yordam uchun 90 mlrd yevro yetarli bo‘lmaydi
10:17 / 03.02.2026
Mudofaa xarajatlari oshadi: Fransiyada 2026 yil budjeti qabul qilindi
09:17 / 29.01.2026