
8 noyabr kuni Mustaqillik ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning 2-qavatidagi xonadonda yashovchi 3 yoshli bola onasi uydan chiqishi bilan eshikni qulflaydi. So‘ngra uni mustaqil ravishda ocholmaydi va ichkarida qamalib qoladi.

Vaziyat yuzasidan Yangiariq tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari yordamga kelib, uzun narvon orqali 2-qavatdagi oynadan xonadonga kirishadi. Qulfni ochib, bolani sog‘-salomat oilasiga topshirishadi.














