2022 yilda dunyo tibbiy şpritslar yetişmovçiligi muammosiga duç kelişi mumkin, deb ma'lum qildi JSST.

2021 yilning dastlabki 10 oyi mobaynida dunyo böyiça koronavirusga qarşi 6,8 mlrd emlatma qilingan. Bu bir yil davomida işlab çiqarilgan şpritslar soniga teng, dedi JSSTning dori vositalari va soğliqni saqlaş mahsulotlari böyiça maslahatçisi Liza Hedman.

«Butun dunyodagi uşbu tibbiyot mahsulotini işlab çiqaruvçilar işlab çiqarişni köpaytiriş yölini topişi lozim, vaziyat önglanmasa, 2022 yilda foydalaniladigan va işlab çiqarilgan mahsulotlar nisbati yetişmovçilikka sabab böladi», — dedi u.

Uning sözlariga köra, şpritslar tanqisligi 2 mlrd donani taşkil etişi mumkin. Şu bilan birga, koronavirusga qarşi emlaş barça mamlakatlar uçun ustuvor vazifa bölib qoladi, şu sababli bu masalada zarur mahsulotlar yetişmovçiligiga yöl qöyib bölmaydi.

Bundan taşqari, şpritslar yetişmovçiligi kambağal mamlakatlarni ignalardan qayta foydalanişga majbur qilişi mumkin, bu esa juda xavfli, dedi Hedman.