Sobiq profilaktika inspektori Farğona viloyati Quva tuman IIB boşliği örinbosari ustidan oçiq şikoyat qildi. Murojaatda boşliq örinbosari öz molxonasi qurilişida inspektorlarni işlatgani, ulardan 55 ming sömdan pul yiğib olgani, haydovçilarni jarimaga tortiş böyiça “plan” belgilagani aytiladi. Sobiq xodim, şuningdek, mansabdorning “noqonuniy harakatlari” jazosiz qolayotgani haqida gapiradi.

Quva tumani “Baynalmilal” MFY profilaktika inspektori lavozimida işlagan Nozimjon Nişonov Facebook orqali içki işlar vaziri Pölat Bobojonov va IIV Şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi boşliği Muxtor Mirzayevga videomurojaat bilan çiqdi.

“Quva tumani içki işlar bölimi xodimlari rahbariyatning muntazam tazyiğiga uçrab kelmoqda. Tuman IIB boşliği örinbosari mayor Ahmadjonov degan vallomat 100 ta mol siğadigan molxona quryapti. Buning jabrini kim tortyapti? Profilaktika inspektorlari. Şağal oborib bergan, ustasiga qaragan, xizmatini qilgan.

“Örta fond” bor. 55 ming sömdan. Profilaktika inspektori uyiga olib borsinmi yoki mayor Ahmadjonovga yiğib bersinmi? Hayronman. Bularni rahbarlar özaro kelişgan holda muntazam ravişda... Misol uçun, agar tumanda birorta jinoyat sodir bölsa, öşa hudud böyiça profilaktika inspektori Quva tumani IIB boşliğining birinçi örinbosari Farhodjon Ismoilovdan doimiy ravişda gap eşitadi. Jinoyatlarni yaşiriş holati ham uçrab turibdi”, – deyiladi videomurojaatda.

Nozimjon Nişonov tuman IIB boşliğining tarbiyaviy masalalar böyiça örinbosari podpolkovnik Farhodjon Ismoilov qaysidir mansabdor profilaktika inspektorlarini şaxsiy tarkib oldida tahqirlovçi sözlar bilan kamsitib haqorat qilsa, bunga köz yumib kelayotganini, xodimlarning yonini olmasligi, himoya qilmasligini ta'kidlamoqda.

“Mayor Ahmadjonov har kuni biz profilaktika inspektorlarini tuman markaziga çiqarib, ularga [jarima maydonçasiga] bittadan maşina olib kirasan, beştadan ma'muriy bayonnoma tuzasan deb yuklama belgilab qöygan. Uşbu majburiy rejani bajara olmagan profilaktika inspektorlari faqat va faqat gap eşitadi, keçqurun “razvod”ga 22:00 da yoki 00:00 da alohida keladi.