Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan mintaqaviy xalqaro olimpiada g‘oliblari e'lon qilindi
8–13 noyabr kunlari O‘zbekistonda birinchi marotaba o‘tkazilgan Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi. Bu haqida Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
8 noyabr kuni Farg‘ona viloyatida boshlangan Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi o‘z nihoyasiga yetdi. Dunyoning 18 ta davlatidan 130 nafar o‘quvchi ishtirok etgan olimpiada o‘z g‘oliblarini aniqladi. Tanlov natijalariga ko‘ra dunyoning turli davlatlaridan qatnashgan 56 nafar o‘quvchi g‘olib deb topildi. O‘zbekiston sharafini himoya qilgan 8 nafar o‘quvchilar: 1 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medal sohibi bo‘lishdi.
Vazirlik matbuot kotibi Laylo Rustamova olimpiada g‘oliblari va ularning o‘qituvchilariga beriladigan mukofotlar haqida Kun.uz’ga ma'lumot berdi.
“Mazkur olimpiada mintaqaviy xalqaro olimpiada hisoblanadi. Nufuz jihatdan respublika olimpiadasiga tenglashtiriladi. Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi dunyo miqyosida tan olingan olimpiadalarda qatnashish huquqini qo‘lga kiritish uchun o‘tkaziladi. Lekin ushbu olimpiada g‘oliblari ham albatta rag‘batlantiriladi. Jumladan:
1-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 12 baravari;
2-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari;
3-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi. 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball berilishi ko‘zda tutilgan.
Ularni tayyorlagan o‘qituvchilar uchun esa:
1-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari;
2-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari;
3-o‘rin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi” dedi u.
Mavzuga oid
19:51 / 07.10.2025
Fizika bo‘yicha 2025 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi
15:36 / 08.10.2024
Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sun’iy intellekt ustida olib borilgan ishlar uchun berildi
16:14 / 15.08.2024
Xalqaro olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:42 / 09.08.2024