Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh apellyatsiya sudi kompaniyalarda xodimlarni koronavirusga qarshi majburiy emlash to‘g‘risidagi talabni bekor qildi
Sud xulosasiga ko‘ra, mehnat vazirligining bu talabi «qonunda belgilangan vakolatlardan chetga chiqish hisoblanadi».
Foto: AP
Yangi Orlean federal apellyatsiya sudi 100 va undan ortiq xodimlari bo‘lgan kompaniyalarda COVID-19ga qarshi majburiy emlashni amalga oshirish to‘g‘risidagi talabni bekor qildi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.
Hakamlar hay'ati bu masala bo‘yicha 6 noyabrda qabul qilingan qarorni tasdiqladi. Sud xulosasiga ko‘ra, mehnat vazirligining bu talabi «qonunda belgilangan vakolatlardan chetga chiqish hisoblanadi».
«Ushbu farmoyish ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadigan skalpel emas, ish o‘rinlari va ishchilarga zarba beradigan ulkan bolg‘aga o‘xshaydi», — deya xulosa qilgan sud hay'ati a'zolari.
Sudyalarning qo‘shimcha qilishicha, bu farmoyish biznesga qo‘shimcha moliyaviy yuk bo‘ladi, xodimlarni emlanishga, test topshirishga yoki ishdan ketishga majbur qilish orqali ish kuchlari yo‘qolishiga olib keladi va AQSh konstitutsiyasini buzadi.
4 noyabr kuni mehnat muhofazasi boshqarmasi (OSHA, AQSh mehnat vazirligi tarkibiga kiradi) mamlakatdagi 100 va undan ortiq xodimlar ishlaydigan barcha kompaniyalar 2022 yil 4 yanvargacha o‘z xodimlarini majburan emlashi yoki emlanmaganlardan har haftada koronavirusga test topshirishni talab qilishi ko‘zda tutilgan farmoyishni e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
10:04 / 23.05.2026
AQSh Milliy razvedkasi rahbari iste’foga chiqdi
23:05 / 22.05.2026
Rubio AQShning Rossiya va Ukraina bilan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytdi
20:13 / 22.05.2026
Tobora ko‘proq amerikaliklar Trampning iqtisodiy siyosatidan norozi
19:51 / 22.05.2026