Hujjatda qayd etilişiça, Soğliqni saqlaş vazirligi rasmiy sayti ma'lumotlariga köra, 2019 yil 1 iyul holatida mamlakatda nogiron bolalar soni 111 850 nafarni taşkil etadi. Bu körsatkiç har 1000 nafar bolaga 10,5 nafarni taşkil etadi. Har bir nogiron bola doimiy ravişda ijtimoiy va psixologik kömakka muhtoj hisoblanadi.

“Öz navbatida, sönggi yillarda bolalar orasida onkologik kasalliklar kuzatilayotgani taşvişli holat. Uşbu kasallikni davolaş katta xarajatlar bilan boğliqligi bois har bir bemor bola alohida kömakka muhtoj hisoblanadi.

Qayd etilganlarga asosan, qonun loyihasida taşkil etilişi közda tutilgan Bolalarni qöllab-quvvatlaş jamoat fondi faoliyati ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan”, deyiladi loyihada.  
 
Qonun loyihasida fondni taşkil etiş maqsadi, fond faoliyatining asosiy prinsiplari, huquq va majburiyatlari, fond faoliyatini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş va rağbatlantiriş, fond boşqaruv organlari, uning faoliyati oçiqligini ta'minlaş, fond faoliyatining moliyaviy asoslari kabi masalalar tartibga solinişi belgilangan. 

Qonun loyihasining qabul qilinişi fond faoliyati doirasida bemor, nogiron, yetim va yordamga muhtoj bolalarga yordam beriş va ularni qöllab-quvvatlaş işlarini yanada kuçaytirişga xizmat qiladi.

Prezidentning 2021 yil 4 oktyabrdagi PQ–5255-son qarori 5-bandida fondga davlat budjeti hisobidan 2021-2022 yillarda mablağlarni amalda özlaştirilişiga qarab 100 milliard söm miqdoridagi beğaraz moliyaviy yordam ajratilişi belgilangan.