Jamoatchilikka ma'lum bo‘lgan so‘nggi ayrim voqealar sohada sog‘lom raqobatga qarshi harakatlar va manfaatlar to‘qnashuvi sodir bo‘layotganini ochiq-ravshan ko‘rsatmoqda.

Birlashgan Arab Amirliklarining dunyoga mashhur Flydubai loukoster aviakompaniyasi O‘zbekiston Transport vazirligidan norozi ekanini bildirmoqda. Boisi — ularga va'da qilingan haftada 7 kunlik reyslarni tashkil etilishiga ruxsat berilmayapti.

Kun.uz bu haqda avvalroq maqola e'lon qilgan edi. Vaziyatni qisqacha tushuntiradigan bo‘lsak: Flydubai 2019 yilda yo‘lga qo‘yilgan Dubay–Toshkent–Dubay yo‘nalishidagi aviaqatnovlarni haftada 7 kun (har kuni, uzluksiz!) amalga oshirishi kerak bo‘lgan. Ammo oradan ikki yildan ko‘p vaqt o‘tsa-da, reyslar xalqaro kelishuvda ko‘zda tutilganidek haftada 7 kun emas, 6 kun amalga oshirilmoqda.

Uzoq vaqt davom etgan muzokara va yozishmalardan so‘ng shu yil 11 oktyabr kuni Transport vazirligining Havo transportini rivojlantirish departamenti direktori Doniyor Jumayev imzosi bilan Flydubai'ga yo‘llangan 10/6352-7892-sonli xatda Dubay–Toshkent–Dubay yo‘nalishida reyslar sonini haftasiga 7 taga ko‘paytirishga rozilik beriladi.

Ammo, oradan o‘n kun o‘tib, Flydubai'ga yana Doniyor Jumayevning imzosi bilan navbatdagi xat yo‘llanadi. Unda avvalgi xat (№10/6352-7892) bekor bo‘lgani ma'lum qilinadi. Bu harakatlarning sabablari tushuntirilmaydi. Masala 2022 yilda muhokama qilinishi aytilib, kompaniyadan uzr so‘raladi, xolos.

Savol tug‘iladi: Nega shunday bo‘lmoqda? Nima uchun imkoniyat so‘rab murojaat qilayotgan Flydubai aviakompaniyasiga rad javobi berilmoqda? Xalqaro kelishuvga nega amal qilinmayapti?

Iqtisodchi Otabek Bakirov: “Transport vaziri o‘zi rahbarlik qiladigan Uzbekistan Airways raqobatchilarini qo‘llashi mumkinmi?” deya ritorik savol qo‘yadi va vaziyatga quyidagi yechimlarni beradi:

“Birinchisi, transport vaziri [Ilhom Mahkamov] Uzbekistan Airways'ga rahbarlik qilmasligi lozim. Bu qonunchilik ruhigayam, ochiq bozor prinsiplarigayam zid.

Ikkinchidan, “Ochiq osmon” rejimi amalda ishlashi ta'minlanishi zarur. Aslida aynan shu ish Transport vazirining ishi, ruxsat berish emas.