“Siyosatçilar xalq oldida javobgardir” – mutaxassis bilan davlat xizmatçilarini tayyorlaş va tanlaş tajribasi haqida suhbat
|00:16 / 13.11.202115 74314 min
Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti professori, huquq fanlari doktori Alişer Umirdinov Kun.uz’ga bergan intervyusida yapon va özbek amaldorlarini bir-biridan keskin ajratib turuvçi jihatlar, ikki mamlakatdagi davlat xizmatçilarini tayyorlaş amaliyoti haqida söz yuritdi.
– Sönggi beş yilda davlat boşqaruviga bir qança yoş kadrlar keldi. Şuningdek, davlat fuqarolik xizmatçilari vakant lavozimlari uçun oçiq tanlovlar ötkazib kelinmoqda, kelajak uçun kadrlar zaxirasi şakllantirildi. Şunga qaramay hali-hamon hukumatda keksa yoşdagi mulozimlar salmoği köpçilikni taşkil etadi. Sizningça, bu jarayon qanday yölga qöyilişi kerak edi?
– Avvalambor, umumiy qoidani aytadigan bölsak, xoh ma'lum bir taşkilotning boşqaruvi bölsin, xoh davlat boşqaruvi bölsin, bu albatta katta jamoaviy iş hisoblanadi. Har bir lider, har bir boşqaruvçi öz jamoasi bilan işlaydi va u kimni tanlaşidan qat'i nazar, ayniqsa, siyosatçilar xalq, millat oldida javobgar bölişadi.
Xoh rivojlanayotgan davlat bölsin, xoh rivojlangan davlat bölsin, katta lavozimlarga mansabdorlarni tayinlaşda siyosatçilarga ma'lum darajada siyosiy erkinliklar beriladi. Bu konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qöyilgan. Lekin oxir-oqibat ular özlari olib kelgan, özlari tayinlagan insonlar böyiça siyosiy javobgarlikni ham zimmasiga olişiga töğri keladi. Bu birinçi masala.
Ikkinçi masala, haqiqatan ham Özbekistonda köplab yoşi uluğ insonlarni hukumat mansablarida uçratiş mumkin. Yaponiya siyosatçilari orasida ham yoşi uluğlari köpçilikni taşkil qiladi va bu masala u yerda ham yoşlar uçun kattagina muammoga aylangan.
Lekin şu örinda aytib ötiş kerakki, avlodlar almaşinuvi jarayonini juda ham silliqlik bilan va barqaror tarzda yuritiş kerak. “Qari bilganni pari bilmas” degan otalar sözimiz bor, ya'ni oğir damlarni boşidan keçirgan yoşi uluğ insonlardan kerakli tajribalarni özlaştirgan holda örinbosarlarni tayyorlab boriş kerak. Bu nihoyatda muhim.
Savolning asosiy javobiga keladigan bölsak, bu jarayon samarali ravişda amalga oşişi uçun “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi qonun mumkin qadar tezlik bilan qabul qilinişi, kuçga kirişi va u şaffof tarzda işlay boşlaşi kerak. Busiz iloji yöq.
Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti professori, huquq fanlari doktori Alişer Umirdinov
– Siz bir neça yildan buyon Yaponiyadasiz. Yaponiya va Özbekiston qaysidir jihatdan öxşaş. Masalan, 1868 yilda Yaponiya yopilib oliş davrini tugatib, dunyoga oçila boşlagan. Özbekiston ham şu yöldan bormoqda. Şu jihatdan olib qarasak, Yaponiyadan nimalarni örganiş mumkin? Uşbu mamlakatda davlat xizmatçiligi qanday yölga qöyilgan? Yapon siyosatçilari va davlat amaldorlari qanday tanlab olinadi yoki tayyorlanadi?
Mavzuga oid
– Butun dunyodagi kuzatuvlar natijasida şunday xulosaga kelinganki, Yaponiya taraqqiyotida uşbu mamlakatdagi davlat xizmatçilarining örni beqiyos. Haqiqatan ham öz mehnatsevarligi, millatiga, taşkilotiga sodiqligi va öz ustida qattiq işlaşi bilan yapon davlat xizmatçilari boşqa mamlakatlardagidan ajralib turadi. Şuningdek, yapon xalqining ham ularga işonçi yuksak.
Endi ular bunday samarali tizimni qanday yölga qöyganiga keladigan bölsak, Ikkinçi jahon uruşidan keyinoq AQŞ davlat xizmati töğrisidagi qonunni qabul qiliş böyiça Yaponiyaga bosim uyuştiradi va natijada 1948 yillar atrofida “Davlat xizmatçilari töğrisida”gi qonun qabul qilinadi. Hozirga kelib bu qonunda 110dan ortiq modda bor va ular işçilarning davlat xizmatiga qabul qilinişi, ularga oid turli mehnat huquqlari va işçi-xizmatçilarning pensiya ta'minoti kabi turli masalalarni qamrab oladi.
Şu yerda davlat xizmatçilarining işga olinişi masalasiga biroz töxtalib ötsam. “Davlat xizmatçilari töğrisida”gi qonunga köra, Yaponiyada ikki turdagi davlat xizmatçilari bor. Bular – maxsus maqom egalari va ommaviy maqom egalari. Maxsus maqom egalari deganda boş vazir, uning yordamçilari, vazirlar hamda ularning yordamçilari, vazir örinbosarlari, sudyalar, parlament a'zolari ma'lum bir çeklangan doiradagi insonlar tuşuniladi. Çunki ularni imtihonlar asosida lavozimga qöyib bölmaydi, balki ular saylov yöli bilan, ya'ni siyosiy yöl bilan hokimiyatga kelgan insonlar.
Ammo “Davlat xizmatçilari töğrisida”gi qonunning asosiy obekti hisoblangan insonlarning aksariyati quyi poğonalarda, ya'ni bölim boşliği, boşqarma boşliği darajasida işlovçi davlat xizmatçilari hisoblanadi. Ular har biri oldindan belgilangan protsedura, qonun-qoidaga köra şaffof va adolatli yöl bilan tanlab olinadi va xizmatga qöyiladi. Şu bilan birga, ularni siyosatçilar osonlik bilan vazifasidan ozod qila olmaydi.
– Özbekistonda qaysidir davlat xizmatçisi va mansabdorning lavozim pillapoyalaridan yuqorilaşi uçun undagi rahbarlarga sadoqat hissiga köproq e'tibor qaratiladi. Yaponiyada esa davlat xizmatçilari hukumat, partiya yoki şaxsga emas, balki Yaponiyaga – yapon xalqiga sadoqat bilan xizmat qilişi kerak. Bizda va Yaponiyada sadoqat hissi turliça talqin qilinişining ijobiy va salbiy jihatlari nimalarda körinadi?
– Davlat boşqaruvi, ayniqsa, jamoaviy harakat hisoblanadi. Şunday ekan, lider öz yordamçilarini töğri tanlab olişi va ularni işlata olişi kerak. Sadoqat masalasi haqiqatda muhim. Agar jamoadagilar örtasida bir-biriga sodiqlik, samimiyat bölmasa, uşbu jamoa oldiga qöygan maqsadlarni amalga oşira olmaydi.
Jamoa a'zolari bir-biriga işonişi kerak. Yaponiyada ham şunday. Ayniqsa, hozir hokimiyatda turgan liberal-demokratik partiyada şunday vaziyatni köriş mumkin. Albatta, fraksiyalar bor, lekin ularning içida bölinişlar bölsa-da, bir-biriga sodiqligini kuzatiş mumkin.
Lekin umumiy ma'noda davlat xizmatçilari Yaponiya xalqiga xizmat qiladi. Ayniqsa, bizning konstitutsiyamizda boşqa davlatlar konstitutsiyasida kuzatilmaydigan juda muhim narsa bor. Yaponiya konstitutsiyasida belgilangan normalarni hurmat qiliş va uni muhofaza qilişni millatga emas, xalqqa emas, davlat xizmatçilari va siyosatçilariga yuklagan. Ya'ni xalq, millatning oldida konstitutsiyani hurmat qiliş va uni himoyalaş böyiça heç qanday javobgarlik yöq. Yapon siyosatçilarida va davlat xizmatçilarida bunday burç bor. Bu nihoyatda katta ahamiyatga ega.
Demak, davlat rozi bölgan, xalq rozi bölgan konstitutsiyani, ya'ni ijtimoiy şartnomani siyosatçilar va davlat xizmatçilari birinçi örinda ularga amal qilişga majbur. Ya'ni yaponlarda birinçi örinda millatga sadoqat tuyğusi ustuvor hisoblanadi.
Şu bilan birga, Yaponiyadagi siyosatçilarni ham, davlat xizmatçilarini ham farişta deb bölmaydi. Ular bilan ham juda katta siyosiy, moliyaviy mojarolar yuz berib turadi. Şu yerda aytib ötiş kerakki, bunday salbiy körinişdagi sadoqat masalasi ildiz otib ketmasligi uçun Yaponiyada qudratli OAV mavjudligi, xabarlar öz vaqtida tarqalişi, qolaversa, parlamentdagi turli partiyalarning nihoyatda faolligi, fuqarolik jamiyati institutlari mustahkam qaror topgani salbiy şakldagi sadoqat yoyilişining oldini olib turadi.
– Özbekistondagi davlat xizmatçilari tayyorlaş amaliyoti haqida suhbatlaşsak. Sizningça, amaldagi tartib zamonaviy talablarga javob beradimi? Yaponiyada davlat xizmatçilari, mulozimlar kelajakdagi vazifa hamda lavozimlar uçun qay tarzda tayyorlab boriladi?
– Şu örinda Yaponiyada maxsus maqomga hamda ommaviy maqomga ega amaldorlar borligini takror aytib ötişim kerak. Yuqorida ularning farqini tuşuntirib ötdim. Maxsus maqom egalari saylovlarda yutib çiqqan partiyaning ma'lum bir guruhi hisoblanadi, xolos.
Yaponiya parlamentar monarxiya hisoblanadi. Siyosiy tizimi bizdan farq qiladi. Lekin ajoyibligi şundaki, ularda yuqoridan pastga hamda pastdan yuqoriga qaragan ikki qarama-qarşi tizim mavjud. Ya'ni umumiy davlat xizmatçilari şaffof va odil tarzda ötadigan imtihonlar asosida tanlab olinib, pastdan tepaga qarab ilgarilaydi. Ya'ni ular bölim boşliqlari, boşqarma boşliqlari darajasigaça kötarila olişadi.
Ammo vazir hamda uning yordamçilari, vazir örinbosarlari siyosiy saylovlar orqali iqtidorga kelgan partiya a'zolari orasidan tanlab olinadi. Şunday qilib, xohlagan partiya saylovlarda yutib, hukumatdagi yuqori lavozimlarni egallaşi mumkin, lekin ular boşqarma boşliqlari hamda ulardan quyidagi davlat xizmatçilarini özgartira olişmaydi. Ya'ni davlat xizmatçilari instituti juda mustahkam, boş vazir va hukumat a'zolari qanday partiyadan ekani, qanaqa ğoyalar bilan hokimiyatga kelişidan qat'i nazar asosiy davlat mulozimlaridan taşkil topgan institut joyidan siljimaydi, özgarmaydi.
Albatta, kelişmovçiliklar bölişi mumkin. Lekin nihoyatda çuqur tajribasi, bilimi bölgani uçun hukumat a'zolari quyi lavozimlardagi davlat xizmatçilari bilan kelişişga majbur böladi. Mana şu nozik çegaraga yaponiyalik siyosatçilar doim amal qiladi.
Savolingizga keladigan bölsak, kuçli bilimli va iqtidorli davlat xizmatçilarini tayyorlaş uçun, yuqorida aytib ötganimday, Yaponiyada allaqaçon tegişli qonunlar qabul qilingan, bir neça bor mukammallaştirilgan va davlat xizmatçilarini millatning eng qaymoq qismidan yiğib oliş tizimi yölga qöyilgan. Hozir Yaponiyada davlat xizmati eng talabgir, jozibali, bitiruvçilar eng köp hujjat topşiradigan sohalardan hisoblanadi. Davlat xizmatçilarining oyliklari yuqori, ularni işdan olib taşlaş yoki qaysidir taşkilotni birdaniga yöq qilib taşlaş masalasi deyarli kötarilmaydi.
Xoh maşhur xususiy universitetlar bölsin, xoh nufuzli davlat universitetlari bölsin, talabalarning juda katta qismi işlaşni xohlagan sohalar röyxatining eng avvalida davlat xizmati turadi. Xoh u markaziy apparat bölsin, xoh viloyat, şahar, tuman hokimliklari bölsin, u yerda işlaş bitiruvçilar tanlovlari orasida yetakçilar safida turadi.
– Odatda Özbekistonda davlat xizmatidagi şaxslar, mansabdorlar Davlat boşqaruv akademiyasida malaka oşiradi, qayta tayyorlanadi. Söng ular köpinça avvalgi mansabiga nisbatan yuqoriroq lavozimga tayinlanadi. Davlat xizmatçilarni tayyorlaydigan boşqa bir muqobil muassasa ham borligini köpçilik bilmaydi. 2021 yil 11 fevral kuni qabul qilingan «Davlat xizmatçilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlaş hamda ularning salohiyatini yanada oşiriş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoniga köra, iqtidorli va istiqbolli davlat xizmatçilarini izlab topiş va ularni davlat xizmatiga jalb etişga kömaklaşiş «El-yurt umidi» jamğarmasi vazifalaridan etib belgilangan edi. Uşbu vazifalar kutilgan natijani berişi uçun nimalar qilinişi, qaysi sohalar tubdan isloh qilinişi yoki özgartirilişi kerak?
– Albatta, har bitta mamlakat davlat xizmatçilarini tayyorlaş böyiça alohida tizimlarni yölga qöygan. Misol uçun, Yaponiyada universitetni bitirgandan keyinoq davlat xizmatçilari hayoti boşlansa, AQŞ yoki Angliya kabi anglosakson davlatlarida xususiy sektordan davlat sektoriga ma'lum bir mutaxassislarning ötişini kuzatişimiz mumkin. Har bir davlatning bu borada öziga xos tajribasi va öziga xos an'analari bor.
“El-yurt umidi” jamğarmasiga albatta bunday vazifaning yuklatilişi quvonarli deb öylayman. Jamğarma rahbariyati bilan şaxsan tanişman. Özim ham jamğarma qoşidagi xorijda yaşab öqiyotgan yigirmadan ortiq vatandoş-pedagoglarimizdan taşkil topgan ekspertlar guruhi a'zosiman. Kezi kelganda jamğarmaga nisbatan turli tanqidlar borligini, lekin köp narsa moliyaviy ta'minotga borib taqalişini, jamğarmada qator moliyaviy muammolar borligini aytib ötişni istardim. Jamğarma millatimizning eng aqlli farzandlarini tanlab, ularni xorijga öqişga jönatiş imkoniyatiga ega, biroq yetarliça moliyaviy kömaksiz bu işni amalga oşirişda ularning ham qöllari kalta bölib qoladi.
Şu örinda “Davlat fuqaroviy xizmatçilari töğrisida”gi yoxud “Davlat xizmatçilari töğrisida”gi qonunlar qabul qilinişi va barqaror va şaffof tarzda işlaşi muhimligi şundaki, yoşi uluğ yoki ma'lum darajada tajribaga ega mansabdor yoki bölim boşliği öz qöl ostidagi inson bilan albatta öz tajribalarini bölişadi. Men buni Yaponiyada kuzatganman, Özbekistonga ham bu narsa kirib kelişi kerak deb öylayman. Lekin bizda oldinlari bu kelajakda mening örnimni egallab olişi mumkin degan xavotir bilan boşliqlar qöl ostidagilarga orttirgan bilim va könikmalarini örgatmagan holatlar köp kuzatilgan. Balki, Özbekistonda çindan şunday holatlar bordir, men u haqda töliq ma'lumotga ega emasman, lekin mana şu xavotir tufayli juda köp iste'dodli yoşlar tajribali boşliqlardan muhim könikmalarni qölga kirita olmay ötib ketmoqda va bundan millatimiz ham, davlatimiz ham yutqazmoqda.
Vaholanki, Yaponiyada şunaqa tizim vujudga keltirilganki, boşliq iloji boriça öz qöl ostidagi yoşlarga bor bilimini beradi. Çunki u şogirdi qaçondir unga boşliq etib tayinlanmasligini yaxşi biladi. Kadrlar tayyorlaş tizimi bir xil va barqaror işlaydi. Şuning uçun ham rahbar kadrlar öz malaka va könikmalarini keyingilarga qoldirişga harakat qiladi. Özbekistonda ham yuqorida sanab ötilgan qonunlar qabul qilinib, kadrlar tayyorlaş böyiça yapon tajribasi yurtimizga kirib kelişidan umidim bor.
Suhbatni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qiliş mumkin.
Jamşid Niyozov suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi:
Abdusalim Abduvohidov.