Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti kelgusi yili O‘zbekistonda o‘tkaziladi
Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti 2022 yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 noyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sakkizinchi sammitida ishtirok etdi.
Sammit kun tartibiga muvofiq, savdo, investitsiyalar, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va kommunikatsiyalar, ta’lim va madaniyat sohalaridagi ko‘p qirrali munosabatlarni har tomonlama kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev 2022 yilni Turkiy dunyoda “Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilishni taklif etdi. Uning doirasida birgalikda aniq chora-tadbirlardan iborat qo‘shma dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish, mazkur masalani navbatdagi sammit kun tartibining asosiy mavzusi etib belgilash taklif etildi.
Sammit yakunida tashkilotga raislik Turkiyaga o‘tishi va Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti kelgusi yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilindi.
Davlat rahbarlari 10dan ortiq hujjat - sammitning yakuniy deklaratsiyasini, “Turkiy dunyo nigohi - 2040” dasturiy hujjati va kun tartibiga kiritilgan boshqa qarorlarni imzoladi.
Mavzuga oid
08:53 / 23.06.2026
Starmer iste’fosidan so‘ng YeI – Buyuk Britaniya sammiti qoldirildi
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:33 / 23.01.2026
Grenlandiya bo‘yicha sammit: YeI rahbarlari o‘z birdamligini ta’kidladi
18:08 / 17.12.2025