O‘zbekiston | 11:33 / 15.11.2021
13557
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta o‘rtalarida ob-havo keskin yomonlashishi kutilmoqda - «O‘zgidromet»

Bugun kunduz kuni respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kun o‘rtasiga borib havo harorati 10-13 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Foto: KUN.UZ

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 16 noyabrda O‘zbekiston shimoliy hududlariga, 17-18 noyabrda respublika barcha hududiga Volgabo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi.

16-17 noyabrda respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba'zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba'zi joylarda changli bo‘ron bo‘ladi.

16 noyabrda O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati 13-18 daraja iliq bo‘lgan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi va harorat 2-5 daraja iliqqacha pasayadi.

17 noyabrda O‘zbekistonning barcha hududlarida yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, qorga aylanadi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliqqacha, shimolda kechasi 5-8 daraja sovuqqacha, kunduz kuni 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi.

18-19 noyabrda O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning tog‘li hududlarida 18 noyabrda qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik saqlanib turadi. Harorat kechalari 5-8 daraja sovuqqacha, shimolda 12-15 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, shimolda 0-3 daraja sovuq atrofida saqlanib turadi.

Mavzuga oid