Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda pirotexnika vositalarini noqonuniy sotayotgan shaxsga chora ko‘rildi
Qarshi shahrida pirotexnika vositalarini noqonuniy sotayotgan shaxs to‘xtatib qolingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 6 noyabr kuni soat 05:30 larda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.A noqonuniy ravishda pirotexnika vositalari sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan.
Shundan so‘ng fuqaro N.A.ga tegishli pirotexnika vositalari boshqarma ma'muriy binosiga olib kelinib, xolislar ishtirokida to‘liq ko‘zdan kechirilganida umumiy qiymati 8 million 400 ming so‘mlik 42 blok «Britanik» va «Treniya» yozuvli pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, qonunbuzar fuqarodan olib qo‘yilgan pirotexnika, qonuniy qaror qabul qilingunga qadar vaqtinchalik saqlovga olingan.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026