Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda radar o‘rnatilgan beshta mashina ikki kunda tezlikni oshirish bilan bog‘liq 600 dan ortiq qoidabuzarlikni qayd etdi
Qashqadaryo viloyati IIB YHXB tasarrufiga berilgan radar o‘rnatilgan beshta mashina ikki kunda tezlikni oshirish bilan bog‘liq 600 dan ortiq qoidabuzarlikni qayd etgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yil sentyabr oyida Qashqadaryo viloyatida YTHning oldini olish va yo‘llarda sodir etiladigan qoidabuzarliklarni qayd etish uchun sinov tariqasida 5 ta multiradarlar bilan jihozlangan xizmat mashinalari harakati yo‘lga qo‘yilgandi.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 10 noyabr kuni sinov amaliyoti tugatilib, maxsus avtomobillar to‘liq ishchi holatga o‘tkazilgan. Hozirda ular viloyat hududida mavjud xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarda tezlik bilan bog‘liq qoidalarni buzgan haydovchilarni aniqlash maqsadida ish olib bormoqda.
Qayd etilishicha, 2021 yil 10–11 noyabr kunlari radar o‘rnatilgan maxsus avtomobillar tomonidan viloyatda tezlikni oshirish bo‘yicha 600 dan ortiq qoidabuzarlik aniqlangan.
Mavzuga oid
15:49 / 18.07.2025
O‘zbekiston bo‘ylab o‘rnatilgan radarlar ro‘yxati ochiqlandi
15:21 / 17.06.2025
Kamera yozgan qoidabuzarlik uchun qaror bir oydan kechiksa, jarima qo‘llanmaydi
18:39 / 16.05.2025
O‘zbekiston yo‘llaridagi barcha radar va kameralar yil oxirigacha to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi
18:04 / 16.05.2025