13 noyabr kuni oliy ta'lim vaziri Abduqodir Toşqulov rahbarligida oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oşiriş, kredit-modul tizimini tatbiq etişdagi muammolarga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Unda vazir oliy ta'limda raqamlaşişga töxtaldi.

“Bugundan rektorlar kirişişi kerakki, Özbekiston oliy ta'lim tizimida jurnal, reyting daftarça qoğoz körinişda bölmaydi. Talaba guvohnomasini ham ID kartaga ötkaziş va unda barça ma'lumotlar saqlanişi böyiça budjet loyihasi ötdi. Bu ham muhokamada hozir”, — dedi Abduqodir Toşqulov.

Vazirning sözlariga köra endi har bir fakultetga kirganda közga taşlanib turuvçi, A1 va A2 formatdagi öquv prorektori tasdiqlagan dars jadvali — bu körsatkiç emas.

“Vazir, mas'ullar borganida talaba smartfonini olib, uni ilovada körsatib berişi, dars jadvali uning telefonida bölişi kerak”, — dedi u.

Vazir şuningdek, xorijlik hamkasblari oldida xijolat bölayotganini, çet ellik hamkasblari oldida — buni endi joriy qilyapmiz deyişga uyalayotganini ham ta'kidlagan.

Avvalroq, vazir uşbu yiğilişda OTMlardagi ta'lim sifati va kredit-modul tizimidagi asosiy muammolarga töxtalgani va bugungi mustaqil ta'limni taşkil etişda tizim va tuşunça yöqligi haqida gapirgani xabar qilingandi.