Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, Özbekistonda yoş bolalar orasida ötkir respirator kasalliklarning davriy kötarilişi kuzatilmoqda. Uşbu xastaliklarning eng yuqori körsatkiçi Toşkent şahri hissasiga töğri kelyapti. Natijada poytaxtdagi bolalar klinik şifoxonalariga yuklamalar sezilarli ortgan.

«Şu sababli soğliqni saqlaş vaziri Behzod Musayev boşçiligida işçi guruh tuzilib, 13 noyabr tunda poytaxt şifoxonalaridagi vaziyat örganildi. Şundan söng 14 noyabr tonggi soat 04:30da Toşkent şahrida bolalar örtasida ötkir respirator kasalliklar tarqalişi bilan boğliq muammolarni zudlik bilan bartaraf etiş maqsadida vazir boşçiligida şoşilinç yiğiliş ötkazildi», — deyiladi xabarda.

Natijada öşa kunning özida örganiş xulosalari tahlil qilinib, poytaxtdagi şifo maskanlarida 600dan ziyod qöşimça örin-joylar taşkil etilgan hamda ona va bolalarga davolanişlari uçun yetarli şaroitlar yaratilgan, şuningdek, şoşilinç tibbiy yordamga muhtoj ayrim yönalişdagi bolalarning «Tez yordam» maşinalari orqali ixtisoslaşgan tibbiyot muassasalariga yetkazilişi ta'minlangan.

Foto: Soğliqni saqlaş vazirligi

Soğliqni saqlaş vaziri yarim tunda majlis ötkazişi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarnoma yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev qöşimça izoh berdi.

«Albatta, çetdan qaraganda bu holat soha vakillariga nisbatan qattiqqöllikdek tuyulişi mumkin. Lekin vaziyatdan boxabar bölganlar, şu kunda farzandlarining tobi qoçganlar bunday keskin çoralar sababini töğri tuşunişadi.

Ma'lumki, kuz va qiş oylarida bolalar örtasida ötkir respirator virusli infeksiyalar keng tarqaladi. Şu yil oktabr oyidan boşlab mamlakatimizda yoş bolalar orasida bunday kasalliklarning davriy kötarilişi kuzatildi. Bu boradagi eng yuqori körsatkiç Toşkent şahri hissasiga töğri kelmoqda. Natijada poytaxtdagi şahar bolalar klinik şifoxonalariga yuklamalar sezilarli darajada ortgan.

Masalan, örganilgan tibbiyot muassasalaridan ikkitasida — Toşkent şahar 1-son bolalar klinik şifoxonasida 142 nafar, Toşkent şahar 3-son bolalar klinik şifoxonasida esa 37 nafar bemor va ularning onalari örin-joylar yetişmayotgani tufayli koridorlarda yotib, davolanayotgani, bundan birinçi navbatda jajji bolajonlarimiz aziyat çekayotgani aniqlandi. Bu kabi holatlar zudlik bilan şifoxonalarga tuşayotgan yuklamalarni kamaytiriş, bemor bolalarga sifatli tibbiy yordam körsatiş uçun tezkor  çoralar körişni taqozo etdi.