21 yoshga to‘lmagan shaxslarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishni taqiqlash rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda 21 yoshga to‘lmaganlarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanishi mumkin.

Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste'mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Qonun alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste'mol qilinishini cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, fuqarolarning, avvalo, 21 yoshga to‘lmagan shaxslarning sog‘lig‘ini alkogol va tamaki mahsulotlarini iste'mol qilishning zararli ta'siridan himoya qilish, shuningdek, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda qaror toptirishning tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlarini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
Yangi hujjatda alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishning yosh chegarasi 20 yoshdan 21 yoshgacha ko‘tariladi, yetkazib berish va tarqatish bo‘yicha alohida talablar kiritiladi. Alkogol va tamaki mahsulotlarini sotuvchi 21 yoshga to‘lmagan xaridordan shaxsini va yoshini tasdiqlovchi hujjatni talab qilishi, hujjat bo‘lmagan taqdirda esa sotishdan bosh tortishi shart.
Qonun loyihasini ishlab chiqishda, bir qator xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilgan. Jumladan, AQSh va Qozog‘istonda 21 yoshga to‘lmaganlarga alkogol va tamaki sotish taqiqlanishi, Turkmanistonda, Indoneziyada 21 yoshga to‘lmaganlarga, Hindistonning 17 ta shtatida esa 21-25 yoshga to‘lmaganlarga alkogol sotish taqiqlangani inobatga olinib, mamlakatda ham bu borada yoshga doir taqiqni 21 yoshgacha oshirish taklif etilmoqda.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ma'qullandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya «Tolibon»ni tan oldi, Tramp Putindan xafa – hafta dayjesti
Jahon | 17:13
-
Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezidentni yana hibsga olishni so‘ramoqda
Jahon | 17:11
-
Yaman husiychilari Isroil poytaxti aeroportiga raketa zarbasini berdi
Jahon | 16:07
-
Havo harorati qanday o‘lchanadi? Toshkent observatoriyasidan reportaj
O‘zbekiston | 16:01
Mavzuga oid

23:50 / 02.07.2025
JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi

09:49 / 02.07.2025
AQSh Senati Trampning «katta» qonun loyihasini ma’qulladi

21:51 / 30.06.2025
Gretsiyada bolalarni tamaki olib kelishga yuborganlarni jinoiy javobgarlikka tortish boshlanadi

12:07 / 21.06.2025