Samarqand xalqaro aeroporti 15 dekabrgaça yopiq böladi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinişiça, Samarqand xalqaro aeroportida yangi aerodrom kompleksi va yangi aeronavigatsiya uskunalarini foydalanişga tayyorlaş bilan boğliq işlar davom ettirilmoqda. Şu munosabat bilan aeroportning yopilişi joriy yilning 15 dekabriga qadar uzaytiriladi.
Qayd etilişiça, Samarqand xalqaro aeroporti qabul qilişi lozim bölgan barça aviaqatnovlar Navoiy, Buxoro, Qarşi aeroportlariga yönaltiriladi.
Avvalroq Samarqand xalqaro aeroporti 2021 yilning 20 oktyabridan 20 noyabriga qadar vaqtinça yopilişi ma’lum qilingandi.
Eslatib ötamiz, Samarqandda 2022 yilda bölib ötadigan ŞHT sammitiga tayyorgarlik doirasida yangi aerodrom kompleksi qurilişi davom etmoqda.

















