Donald Trampning sobiq maslahatçisi Stiv Bennon federal hukumatga taslim böldi. Bennon yanvarda Kapitoliyga hujum borasida suriştiruv olib borayotgan vakillar palatasi qömitasiga borişni rad etgandi.

Xabar qilinişiça, Bennonga kongressga hurmatsizlik böyiça ikkita ayblov e'lon qilingan: birinçisi 14 oktabr kuni körsatma beriş uçun kelmagani, ikkinçisi hujjatlar taqdim etişdan boş tortgani uçun. 

Associated Press agentligining ma'lumot berişiça, ayblov xulosasiga köra, Bennon 24 sentyabrda xabarnoma olganidan söng qömita bilan aloqaga çiqmagan, 7 oktyabrda uning advokati Bennon qömita Tramp bilan kelişuvga erişmaguniça körsatma bermasligi va heç qanday hujjatni taqdim etmasligini bildirgan.

Bennon bir yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi va ming dollargaça jarimaga tortilişi mumkin.

Kongressmenlar Kapitoliyga qilingan hujum böyiça sobiq prezident Donald Trampning olti nafar sobiq yordamçilarini körsatma beriş uçun çaqirgan.