Regionalizm, traybolizm – bu ijtimoiy fenomenning nomlari köp. Garçi bu sözlar iste'molimizda bölmasa-da, kamdan kam özbekistonlik bir marta bölsa ham mahalliyçilik körinişiga duç kelmagan. Masalan, vatandoşimiz bilan Özbekiston içida yoki çet elda birinçi bor uçraşganimizda odatda kutilgan savol – “qayerliksiz” böladi. Va bu savol siz şu topda qaysi şahar yoki tumanda yaşayotganingizni yoki tuğilganingizni biliş uçun emas, balki sizning ajdodlaringiz qaysi viloyatda yaşab ötganini biliş uçun beriladi.

Çet elda yaşaş va sayohat qiliş tajribam meni bu haqda öylaşga undadi – nega bu yerlarda odamlar öz vatandoşlarining qaysi viloyatdan kelib çiqqaniga unçalik qiziqmaydilar-u, özbekistonliklar qöşni viloyatlik vatandoşlari haqida bir qança stereotiplarni şakllantirib olgan?

Şaxsan men öz quloğim bilan “falon viloyatliklar yolğonçi va farosatsiz bölişi” ekani haqida eşitganman. Şu bilan birga, men “faqatgina falon viloyatlik bölmasin” degan şart bilan öziga biznes-hamkor tanlaydiganlarga duç kelganman. Öşa “falon” viloyat esa suhbatdoşimning qaysi viloyatlik ekaniga karab özgarardi va mamlakatimizning istalgan viloyati bölişi mumkin edi.

Muammoning sabablariga şönğişdan avval, keling, bunday ijtimoiy fe'l-atvor oqibatlarini – mevalarini aniqlab olaylik. Bu turdagi tafakkurning iqtisodiy oqibatlari haqida köplab tadqiqotlar bor. Örganişlar şuni körsatyaptiki, millat içida sodir böladigan böliniş (qutblaşiş yoki polyarizatsiya) jamiyatda özaro işonç (ijtimoiy işonç) darajasini pasaytiradi, investitsiyalar kelişini kamaytiradi, davlat xarajatlarini köpaytiradi, jiddiy kelişmovçiliklar uçun zamin yaratadi.

Boşqaça qilib aytganda, regionalizm, mahalliyçilik Özbekistonning iqtisodiy va hatto siyosiy hayoti uçun jiddiy xavf tuğdiruvçi omildir.

Kim aybdor?

Mahalliyçilik jamiyatimiz uçun şaksiz zarar keltirişini aniqlab oldik. Biroq bu illatning kelib çiqişi noaniq bölib turibdi.

Özbekistonda regionalizm sabablari bir neçta. Biz faqat uçtasi haqida gaplaşamiz: qonun ustuvorligi sohasidagi muammolar, propiska institutining ta'siri va “poytaxt taassubi” deb ataladigan holat.

Qonun ustuvorligi

Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (15-modda) qonun ustuvorligi mustahkamlangan, uning 18-moddasi esa har kim: jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib çiqişi, e'tiqodi, şaxsiy va ijtimoiy holatidan qat'i nazar qonun oldida teng ekanini belgilaydi. Biroq Özbekiston sudlari faoliyati, xususan 2016 yildan boşlangan islohotlargaça bölgan faoliyati dunyo hamjamiyati tomonidan tanqidga uçrab keldi – adolat va şaffoflik darajasi past bölgani uçun. Adliya vaziri Ruslanbek Davletov esa 2012-2016 yillar oraliğida atigi 7 ta oqlov hukmi çiqarilganini, çunki sud tizimi hukmlarni “ştampovka” qilişga safarbar etilganini aytdi. Ya'ni jinoyat işlari körilganda adolatga umid qiliş qiyin edi. Bu jinoyat işlari haqida edi.

Fuqaroviy huquqiy tizim bilan boğliq holat ham köngildagidan yiroq. Qonun ustuvorligi indeksi böyiça Özbekiston 128 mamlakat içida 72-çi örinda, özining xatarli darajadagi yuqori korrupsiyasi va kelişmovçiliklar sudda körib çiqilişining qiyinligi bilan.

Fuqaroviy sudlar kişilarning özaro kelişmovçiliklarini hal qiliş uçun kerak. Ammo sudlarga nisbatan işonç bölmasa, qanday qilib odamlar maişiy va iqtisodiy kelişmovçiliklariga yeçim topişi mumkin? Bu savolga javob beriş uçun ekstremal misollarga murojaat qilişimiz mumkin – davlatçiligi sust yoki umuman mavjud bölmagan mamlakatlarda kişilar bunday kelişmovçiliklarini qanday hal qilişadi?

Kolumbiya universiteti professori Deniyel Korstandj bu borada Yamanda tadqiqot ötkazdi. Yamanda an'anaviy sud instituti deyarli yöq, jamiyat qabilaviy munosabatlar asosida yaşaydi: qabilaviy huquq ustuvor, bunda sudyalar vazifasini oqsoqollar bajaradi, qonunlar rolini esa qabilaning yozilgan yoki yozilmagan qonunlari bajaradi.

Korstandjning tadqiqoti şuni körsatdiki, Yamanda qonun ustuvorligi yuksalgan zahoti yamanliklar qabilaviy huquqqa nisbatan munosabatlari özgarar ekan, ya'ni davlat qonunlariga hurmatlari oşar ekan. Davlat joriy qilgan huquqiy tizimni kuçli hisoblagan yamanliklar qabilaviy huquqqa qarşi ekanlar va aksinça, davlat qonunlari işlamayati deb hisoblaydiganlar qabilaviy qonunlar tarafdori ekan.

Ya'ni odamlar tomonidan öylab topilgan qabilaviy qonunlar kelişmovçiliklarni hal qilişning şunçaki vaqtinçalik nomukammal vositasi sifatida körilar ekan – davlat institutlari mustahkamlangani zahoti yamanliklar qabilaviy sudlarni samarasiz hisoblay boşlaşadi.

Yamanliklar davlat sudlari işlaşini istaşlari tuşunarli: qabilaviy sudlar işlatilganda kişilar kamroq odamlar bilan huquqiy munosabatlarga kirişa oladilar. Bunda qabilalar turli qonunlar töplamini işlatişlari sabab turli qabila vakillari örtasidagi munosabatlarni tartibga soliş imkonsizdir. Inçunun, qabilalar bir-biriga işonçsizlik bilan qaraşadi, toki davlat qonunlari ustuvor bölmagunça.

Yaman – legal-ana'anaviy sud tizimiga muqobil sudlar paydo bölgani kuzatilayotgan yagona davlat emas. Somali va Afğonistonda ham uruş, harbiy intervensiyalar, qözğolonlar va boşqa siyosiy böhronlar sabab butun mamlakatda qonun ustuvorligini ta'minlaş imkonsiz bölib qolgan. Afğonistonda “paştunvali”, Somalida “ksir” – bular universal davlat huquqini joriy qiliş bilan boğliq muammolar sabab hanuzgaça qabilalar içra munosabatlarni tartiblab kelmoqda.

Baxtimizga Özbekiston bunday açinarli holatdan yiroq. Biroq bizdagi davlat sud tizimining nomukammalligi bilan mahalliyçilik kuçayişi orasidagi aloqa özgarişsiz qolyapti deb bemalol aytişimiz mumkin.

Davlat sudlariga bölgan işonç past bölsa, odamlar adolat örnatişning muqobil vositalariga murojaat etişadi. Masalan, bunaqa holatda biznes şartnomalar tuzayotgan tomonlarga özlari yaşayotgan viloyat vakili bilan aloqa qiliş qulayroq böladi: kelişmovçiliklarni davlat sudi orqali hal qiliş örniga “muammo bölsa falon obröli akalar orqali hal qilaman” degan kayfiyat, ya'ni özaro kelişmovçiliklarni hal qilişda lokal riçaglarni işlatişga xohiş kuçayadi. Riçag vazifasini esa bu yerda nufuzli tanişlar, umumiy tanişlar, otalar, bobolar, ustozlar va boşqalar ötaydi.

Tabiiyki, bunday riçaglar soni tomonlar turli hudud vakillari bölganda sezilarli kamayadi, tomonlar yaşaydigan hududlar qança uzoq bölsa, şunça kamayadi. Şu uçun davlat sudlariga bölgan işonç pasayganda kişilar “begonalar” bilan aloqa örnatişdan çetlanişga urinişadi. Bu hol ularda öziga xos fe'l-atvorni – regionalizmni şakllantiradi.

Qöşimça sifatida aytiş kerakki, sudlarga bölgan işoçsizlik oqibatida kriminal va yarim kriminal toifalarning jamiyatdagi nufuzi ortadi, çunki aslida sud hal qilib berişi kerak bölgan kelişmovçiliklarni sud orqali hal qiliş qiyinlaşganda omma içida ma'lum “avtoritetlar”ga murojaat etiş holatlari köpayadi. Bu esa, tabiiyki, odamlarning tafakkuriga ta'sir etadi, zero, adolat demokratik vositalar orqali umumqabul qilingan qonunlar vositasida emas, balki köça “reşala”larining irodasi orqali “qaror topişi” kişilar ongida, albatta, iz qoldiradi.

“Propiska” instituti merosi

Prezident Şavkat Mirziyoyev propiskani kişanga öxşatdi va 2020 yil boşida konstitutsiyaga xilof bunday tizimni bekor qilişga topşiriq berdi. U Xorazmga taşrifi paytida öz boşidan ötganlarini, poytaxtga kelganda propiskasi bölmagani uçun qay darajada qiynalganlarini aytib berdi. “Aybim – Toşkentda tuğilmaganim edi”, degan edi u.

Rostdan ham teng huquqli Özbekiston fuqarolarini 30 yil davomida “poytaxtda yaşaşga loyiq bölgan” va “loyiq bölmagan”larga böliş kişilarning hududlararo özaro aloqalariga kuçli zarba berdi.

Erkin harakatlanişga nisbatan qonunçilikda belgilangan çeklovlar hamda kapital va işçi kuçiga bölgan talabning poytaxtda mujassamlaşişi nafaqat nominal, balki Toşkent bilan boşqa regionlar örtasida iqtisodiy notenglikni keltirib çiqardi. Işçi kuçining Toşkentga kirib kelişini sun'iy çeklaş poytaxt va viloyatlarda maoş hajmidagi notenglikni paydo qildi.

Iqtisodçilar Robert Andersen va Joş Kyurtis 44 davlat ma'lumotlariga tayanib, kişilarning öz-özini sinfiy identifikatsiya qilişi (özini kambağal, örtahol yoki boy hisoblaşi) qança pul topayotganiga emas, balki boşqa vatandoşlari topayotgan daromadlar nisbatiga boğliqligini aniqlagan. Ya'ni yiliga 20 ming dollar (xarid imkoniyati paritetiga töğirlangandan keyin) topayotgan kişi AQŞda kambağal, Myanmada boy hisoblanadi. Boşqaça qilib aytganda, kişilar doim öz iqtisodiy farovonligini nisbiy kategoriyalarda baholaydi. Özbekistonda, propiska tizimi effekti sabab sinfiy turlaniş hududiy tus oldi, zero farovon hayotni sof mehnat, iste'dod bilan emas, hatto korrupsiya bilan ham emas, balki poytaxt propiskasi bilan boğlaş tendensiyasi kuçaydi. Iqtisodiy notenglikni hududiy kelib çiqiş bilan boğlaş kayfiyati kuçaydi, bu esa toşkentliklar va viloyatliklar örtasida adovatni paydo qildi.

Propiska tizimi mamlakatning ijtimoiy kapitaliga katta zarar keltirdi. Uning asoratlari ketgani yöq – bekor qilingan bölsa ham, oqibatlari hali hamon ijtimoiy hayotimizning naqd örtasidan qizil çiziq bölib ötib turadi.

Hamma yöllar Toşkentga olib boradi yoki “poytaxt taassubi”

Poytaxt taassubi (ingl. “capital city bias”) – iqtisodiy fenomen bölib, rejali iqtisodiyot yoki katta davlat sektoriga ega, şu bilan birga noproporsional katta resurslarni poytaxtga taşlaydigan mamlakatlarga xosdir. Bunday holat oqibatida markaz va hududlar örtasida balans buziladi.

Özbekiston sobiq sovet ittifoqining infrastrukturani rivojlantirişga bölgan yondaşuvini me'ros qilib oldi va ma'lum miqdorda davom ettirdi. Masalan, transport infrastrukturasi talab-taklif asosida emas, markazlaşgan rejalaştiriş asosida kengaydi: “markaz”ni hududlar bilan boğlaş uçun temir yöllar qurildi.

Hozirgi Özbekistonda ham sovet merosining örni bor. “Özbekiston temir yullari” korxonasi saytidagi poyezdlarning qatnov jadvaliga qaraydigan bölsak, bitta bölsa ham viloyat markazidan ötadigan jami poyezdlarning 82 foizi yoki Toşkentdan, yoki Toşkentga yönaliş olgan. “Özbekiston havo yullari”ning 2019-2020 yilgi içki reyslari jadvalida 35 reysdan 1 tasidagina uçiş yo qöniş nuqtasi Toşkent emas.

Yuqoridagilardan bir qiziq manzara şakllanadi: propiska tizimi “viloyatliklar”ning poytaxtga kelişini çeklagan, şu bilan birga transport infrastrukturasidagi disbalans aynan poytaxtni ular uçun “uçraşadigan joy”ga aylantirgan.

Ya'ni propiska Toşkentda yaşovçilarni boşqalarga qarşi qöygan bölsa, infrastrukturaning nomutanosibligi hududlararo aloqalarni ma'lum miqdorda çeklagan edi. Bularning hammasi mahalliyçilik va hududlararo murosasizlikni ozuqalantirar edi.

Xulosa

Mahalliyçilik – mamlakatning uyğun rivoji uçun katta duşman. Odamlarning madaniy öziga xosliklari, tildagi turfalik va boşqalar bu fenomenga sabab bölişi mumkin, ammo aynan qonun ustuvorligi bilan boğliq muammolar, propiskaga öxşagan institutlar va infrastrukturadagi hududlararo disbalans tarixan yuqori vaznli faktorlardir.

Propiskaning bekor bölgani şaksiz taraqqiyot va milliy birdamlikka qarab taşlangan muhim qadam böldi. Öylaymizki, 2016 yilda boşlangan demokratik islohotlarni, xususan sudlar mustaqilligi va şaffofligini ta'minlaş hamda iqtisodiyotni liberallaştirişda davom etiş bu jarayonni tezlaştiradi.

Şahzod Yöldoşboyev,

Georgetown universiteti talabasi, AQŞ

Kun.uz kolumnistlarni hamkorlikka çorlab qoladi. Dolzarb mavzulardagi mualliflik maqolalarini @Muhammadshakur Telegram-manziliga yuborişingiz mumkin.