«Rossiya va Özbekiston milliy xavfsizligi va Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni ta'minlaşning dolzarb muammolari körib çiqildi. Koronavirus infeksiyasining tarqalişiga qarşi kuraşiş va sovet xalqlarining Ikkinçi jahon uruşi davridagi jasorati böyiça xotirani saqlab qoliş bilan boğliq masalalarga alohida e'tibor qaratildi», deyiladi Rossiya Xavfsizlik kengaşi matbuot xizmati xabarida. 

Muzokaralar yakunida Patruşev va Mahmudov ikki davlat xavfsizlik kengaşlari idoralari örtasida milliy va mintaqaviy xavfsizlik böyiça Rossiya-Özbekiston maslahatlaşuvlarini közda tutuvçi 2022-2023 yillarga möljallangan hamkorlik rejasini imzoladi.