Uçraşuv yakunida xalqaro axborot xavfsizligini ta'minlaş yuzasidan hamkorlik böyiça hukumatlararo Kelişuv hamda biologik xavfsizlik masalalarida özaro tuşuniş böyiça Memorandum imzolandi. Şuningdek, Özbekiston va Rossiya Taşqi işlar vazirligi örtasida 2022-2023 yillarga möljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

«2022 yil Özbekiston va Rossiya örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligi nişonlanadi. Biz hamkorlikda uşbu muhim sanani nişonlaş uçun yirik ijtimoiy va madaniy tadbirlar ötkaziş böyiça maxsus dastur işlab çiqdik», – deydi Abdulaziz Komilov.

Eslatib ötamiz, bugun, 19 noyabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Rossiyaga jönab ketdi.