Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga köra, oliy darajadagi muzokaralar bugun Moskva şahrida bölib ötadi. 

Qayd etilişiça, unda ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari muhokama qilinişi, qator hujjatlar imzolanişi rejalaştirilgan.

Avvalroq, Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Moskvaga bugungi taşrifi çoğida imzolanadigan hujjatlar haqida gapirgandi.

«Taşrif davomida xalqaro axborot xavfsizligini ta'minlaş sohasida hamkorlik böyiça yirik siyosiy qöşma bayonot qabul qilinadi. Prezidentlar uçraşuvi çoğida turli sohalardagi hamkorlikni yanada çuqurlaştirişga qaratilgan 18 ta hujjat imzolanadi. Xalqaro yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni ta'minlaş töğrisidagi bitim, quriliş, energetika, sanoat va qişloq xöjaligi sohasidagi hamkorlikni çuqurlaştiriş böyiça hujjatlarni alohida ta'kidlab ötiş lozim», dedi u.