Toşkent şahrining Mirobod tumani, Farğona yöli köçasida joylaşgan bino 2019 yili qurilib, Respublika sud ekspertizasi markazi foydalanişiga berilgan. Ammo oradan 2 yil ötib bino buziş uçun örab olingan.

Foto: X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi matbuot xizmati

Ma'lumot örnida aytiş joizki, mazkur bino prezidentning 2019 yil 17 yanvardagi 4125-sonli qarori (8-bandi) asosida bunyod etilib, Markazga foydalaniş uçun topşirilgan.

Kun.uz binoning qurilişi bilan boğliq ayrim ma'lumotlar va nima sababdan buzilayotganini aniqlaş maqsadida mas'ul idoralarga sörovlar yubordi. Ammo olingan javoblar öta mavhum, biror taşkilot mas'uliyatni zimmasiga olişni istamayapti.

Xususan, Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi bino qurilişida Toşkent şahar hokimligi Yagona injiniring kompaniyasi buyurtmaçi bölgani, şu tufayli barça kerakli ma'lumotlar şahar hokimligida ekanini ta'kidladi.

Respublika sud ekspertiza markazi matbuot kotibi Saidillaxöja Saidxöjayev bino buzilişga tuşganini tasdiqlab, «snos» sabablarini bilmasligini ta'kidladi. Uning qöşimça qilişiça, markazning faqat yöl yuzasidagi ma'muriy binosi buzilişi kutilmoqda. Yöldan içkariroqda joylaşgan laboratoriya binolari öz örnida qoladi.

Şuningdek, u şahar hokimligi Farğona yöli köçasidan içkariroqda yengil konstruksiyalardan  boşqa ma'muriy bino qurib berganini bildirdi.

«Bino buzilişini va böşatib berişimiz kerakligini aytişdi. Lekin sababi aytilmadi. «Bino yöl yuziga çiqib ketgani uçun buzilarkan» degan gap-sözlar bor, lekin bu rasmiy ma'lumot emas», – deydi Saidillaxöja Saidxöjayev.

U bino qurilişiga ketgan xarajatlar miqdori va manbasiga oid ma'lumotlar markazda mavjud emasligi, çunki ma'lum muddat binodan foydalanilganiga qaramay, şahar hokimligi binoni rasman markaz balansiga ötkazib bermaganini, şu tufayli binoni qurişga qança xarajat ketganini ham bilmasligini qayd etdi.

Kun.uz’ning Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmatiga yuborgan söroviga javoban hokimlikdagi mas'ullar savollarga javob bermagani bildirildi.