E'lon qilingan körsatmalarda ayol suxandonlarning boşi qay darajada yopiq bölişi – römol faqat soçni yopişi kerakmi yoki közdan boşqa yuzning barça qismi yopiq bölişi kerakligi böyiça aniqlik kiritilmagan.

Afğonistondagi jurnalistlar vakili bölgan taşkilot a'zosi Xöjatulla Mujaddedi yangi çeklovlar e'lon qilinişi kutilmagan hol bölgani, qoidalarning özi esa noaniq ekanini aytgan. U BBC bilan suhbatda aytişiça, agar telekompaniyalar mazkur talablarni bajarişga majbur bölsa, ularning ayrimlari yopilişiga töğri keladi.

Gap şundaki, afğon telekanallari hozirda boş rollarni ayollar öynaydigan xorij seriallarini namoyiş etadi.

Toliblar tomonidan taşkil etilgan Ezgulikni tarğib qiliş va illatlarni yöqotiş vazirligi (bu idora yangi hukumatda Ayollar işlar vazirligi örnini egalladi) teleradiokompaniyalar uçun 8ta qoidani belgiladi. Tolo News telekompaniyasi jurnalisti körsatma nusxasini öz tvitterida e'lon qilgan.

Hujjatga köra, qoidalar quyidagilardan iborat:

  1. Telekanallar şariat tamoyillari va afğon qadriyatlariga zid keluvçi filmlarni namoyiş etmasligi kerak;
  2. Afğon jamiyatida xorij madaniyati va an'analarini tarğib etuvçi hamda axloqsizlik tarqalişiga olib keluvçi afğon va xorij filmlari namoyişi taqiqlanadi;
  3. Hazil va köngiloçar dasturlar heç kimni kamsitişi yoki haqorat qilmasligi kerak;
  4. Diniy marosimlar va inson qadr-qimmatini haqorat qiluvçi seriallarni namoyiş etiş taqiqlanadi;
  5. Erkak va ayollar tanasining intim qismlarini aks ettiruvçi video yoki filmlarni efirda körsatiş mumkin emas;
  6. Ayol jurnalistlar ekranda köringanida hijobda bölişlari kerak;
  7. Ayol aktyorlar iştirokidagi serial va şunga öxşaş dasturlarni namoyiş etiş taqiqlanadi;
  8. Payğambar va uning sahobalari suratlari aks etgan seriallar taqiqlanadi.

Toliblar hukumatga kelgaç, işlaydigan ayollar va maktab hamda universitetlarda öqiydigan qizlar huquqlari sezilarli darajada çeklandi. Toliblar ularga uyda qolişni buyurdi. Bu esa Afğonistonni öz aholisining yarmiga ta'lim oliş va işlaşga ruxsat bermaydigan dunyodagi yagona mamlakatga aylantirdi.

«Vaqtinçalik taqiq»

Toliblar bu qaror vaqtinçalik ekani va birinçi navbatda ayollar xavfsizligini ta'minlaşga qaratilganiga işontirgandi. Biroq vaziyat hozirgaça özgargani yöq. Toliblar qizlarga boşlanğiç maktabga qaytişga ruxsat berişdi, biroq qolgan ayollar uçun uyda qoliş va köçaga faqat erkak kişi hamrohligida, tananing barça qismini yopgan holda çiqiş haqidagi körsatma toliblar hukumatga kelgan joriy yil avgust oyidan beri öz kuçida qolmoqda.