2021/2022 qish mavsumi parvozlar jadvaliga muvofiq Rossiya aviakompaniyalarining O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan yo‘nalishlar quyidagicha:

"Aeroflot" aviakompaniyasi

Moskva – Toshkent – Moskva yo‘nalishida haftasiga 4 marotaba. 

"S7 Airlines" aviakompaniyasi 

  • Moskva – Samarqand – Moskva 
  • Moskva – Buxoro – Moskva 
  • Moskva – Urganch – Moskva 
  • Irkutsk – Farg‘ona – Irkutsk 
  • Novosibirsk – Buxoro – Novosibirsk 
  • Novosibirsk – Namangan – Novosibirsk
  • Novosibirsk – Farg‘ona – Novosibirsk yo‘nalishlarida haftasiga 1 tadan reys.

"Ural Airlines" aviakompaniyasi

  • Moskva – Namangan – Moskva
  • Moskva – Samarqand – Moskva
  • Sankt-Peterburg – Urganch – Sankt-Peterburg
  • Sankt-Peterburg – Farg‘ona – Sankt-Peterburg 
  • Yekaterinburg – Namangan – Yekaterinburg
  • Yekaterinburg – Samarqand – Yekaterinburg
  • Qozon – Samarqand – Qozon yo‘nalishlarida haftasiga 1 tadan reys.

"Red Wings" aviakompaniyasi 

  • Moskva – Farg‘ona – Moskva 
  • Moskva – Samarqand – Moskva 
  • Moskva – Buxoro – Moskva 
  • Qozon – Buxoro – Qozon yo‘nalishlarida haftasiga 1 tadan reys.

"Smartavia" aviakompaniyasi

  • Sankt-Peterburg – Namangan – Sankt-Peterburg 
  • Sankt-Peterburg – Buxoro – Sankt-Peterburg yo‘nalishlarida haftasiga 1 ta reys.