Surxondaryoda noqonuniy tarzda gaz tarmog‘iga ulangan xonadonlar aniqlandi

Foto: Hududgaz Surxondaryo
Termiz shahrida tabiiy gaz iste'molidan yirik miqdorda qarz bo‘lgan xonadonlarga gaz yetkazib berish to‘xtatilgan. Ammo ular qo‘lbola uskunalar orqali yana gaz tarmog‘iga ulanib olgan. Bu haqda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta'minoti filiali xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Termiz shahar Dehotiy ko‘chasi 30-uyda yashovchi fuqaroning xonadonida vaqtincha ijarada turgan boshqa bir fuqaro iste'mol qilingan tabiiy gazdan mavjud qarzdorligini to‘lamasdan, belgilangan me'yorlarga zid ravishda gazdan foydalanib kelayotgani aniqlangan. O‘rganishlarga ko‘ra, xonadon 7 million 395 ming so‘m qarzdor ekani rasmiylashtirilib, gaz berilishi vaqtincha to‘xtatilgan.
Shuningdek, Dehotiy ko‘chasidagi 56-uyda yashovchi fuqaroning xonadoni tekshirilganda, tabiiy gaz quvuriga rezina shlang orqali noqonuniy ulanib olgani aniqlangan.
Xonadon ko‘zdan kechirilganda, 12 million 323 ming so‘m qarzdorligi borligi ma'lum bo‘lgan. Fuqaro qarzni to‘lamasdan rezina shlang orqali ulanib olib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta'minoti filialining Raqamlashtirish va boshqa tegishli bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda aniqlangan mazkur holatlar yuzasidan fuqarolarga tegishli tushunchalar berilib, ularning tabiiy gaz tarmog‘idan foydalanishi vaqtincha cheklangan.
Qayd etilishicha, Surxondaryoda joriy yil 20 noyabr holatiga 68 ta noqonuniy tarzda tabiiy gaz tarmog‘iga ulangan fuqarolar aniqlangan. Ularga nisbatan 72 million 988 ming so‘mlik tabiiy gaz zarari uchun qayta hisob-kitob qilingan. Shundan 40 million 428 so‘m zarar to‘lovi undirilgan. 32 million 560 so‘m undirilishi uchun rasmiylashtirilgan hujjatlar sudga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putin bilan muloqotdan keyin Rossiya va Ukraina «zudlik bilan» muzokaralar boshlashini ma’lum qildi
Jahon | 01:09
-
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
Jahon | 00:15
-
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
Jahon | 23:51 / 19.05.2025
-
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:26 / 19.05.2025
Mavzuga oid

08:56 / 19.05.2025
Xitoy Surxondaryoda avtomobil zavodi qurishi mumkin

15:12 / 17.05.2025
Surxondaryoda Termiz muloqotining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi

16:15 / 06.05.2025