Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 480 quti pirotexnika vositalari ushlandi
Qarshi shahrida jami qiymati 14,4 million so‘m bo‘lgan 480 quti pirotexnika vositalari ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 22 noyabr kuni soat 18:30 larda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan olingan ma'lumotlar asosida Qarshi shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida, Qarshi shahri Markaziy buyum bozori orqa tomonida ketayotgan Sh.D to‘xtatilib, qo‘lidagi karton quti ko‘zdan kechirilganda unda “Britanik” yozuvli pirotexnika vositalari borligi ma'lum bo‘lgan.
Shundan so‘ng fuqaro Sh.D.ga tegishli pirotexnika vositalari xolislar ishtirokida to‘liq ko‘zdan kechirilganida umumiy qiymati 14,4 million so‘m bo‘lgan 480 qutidan iborat “Britanik” yozuvli noqonuniy pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.
Pirotexnika vositalari qonuniy qaror qabul qilingunga qadar tegishli tartibda vaqtinchalik saqlovga olingan.
Mavzuga oid
17:41 / 17.01.2026
Noqonuniy paqildoq va salyut otishning jazosi kuchaytirildi
19:43 / 13.01.2026
Xavflilik darajasi yengil bo‘lgan pirotexnika buyumlariga ruxsat beriladi
17:53 / 01.01.2026
Farg‘onada qo‘lbola salyut otganlar javobgarlikka tortildi
12:29 / 28.12.2025