Qişloq xöjaligi yerlarini ijaraga beriş, meva-sabzavotçilik klasterlari hamda tomorqa xöjaliklari faoliyatini yanada rivojlantiriş borasidagi ustuvor vazifalar böyiça ötkazilgan tadbirda yer muammolari alohida muhokama qilindi.

«Xalqaro moliya taşkilotlari mablağlari hisobidan kiçik intensiv boğ, uzumzor va meva-sabzavotçilikni rivojlantiriş uçun, 14 foizlik imtiyozli stavkada 100 million sömgaça garovsiz kredit beriladi. Hamma şuni hisobga olsin – pul tayyor turibdi, endi buni aql bilan işlatiş kerak.

Bunga xalqaro moliya taşkilotlarining 100 million dollar mablaği yönaltiriladi. Yana bir masala – eksport şartnomasi bölgan meva-sabzavot yetiştiruvçilarga hosilni xavf-xatardan suğurtalaş xarajatlarining 50 foizi budjetdan qoplab beriladi», degan prezident.

Klasterlar tomonidan çet eldan malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassisi jalb qiliş xarajatlarining 50 foizigaça qismiga subsidiya berilişi ma'lum qilingan.

Yuqoridagi imtiyozlar şartnomalari röyxatdan ötgan klasterlarga beriladi.

Kelgusi yilda paxta va ğalladan qisqartiriladigan 80 ming gektar yer aholiga dehqon xöjaligi taşkil etiş uçun ijaraga berilişi ma'lum qilindi.

«Kelgusi yilda paxta va ğalladan qisqartiriladigan 80 ming gektar maydonlarni aholiga bölib beriş böyiça kuni keça qarorni imzoladim. Uşbu yerlar aholiga dehqon xöjaligi taşkil etiş uçun, 10 sotixdan 1 gektargaça 10 yil muddatga, oçiq elektron tanlov ötkaziş orqali ijaraga beriladi. Men 20 yil qilişga ham tayyorman, lekin avval işonç hosil qilaylik.

Bunda, asosiy mezon – tomorqadan samarali foydalaniş va yaratiladigan iş örinlari böladi.

Tanlovda dehqonçilikda tajribasi bor aholi, şuningdek, 3ta daftarga kirgan oilalar qatnaşadi. Oçiq elektron tanlovda har bir talabgorning hozirgaça öz tomorqasidan qanday foydalanayotganiga yangi joriy etilayotgan hokim yordamçilari baho beradi.

Uşbu yerlarda dehqonçilik qiliş uçun, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar ekişga 6 oylik imtiyozli davr bilan 2 yilgaça kredit ajratiladi. Dehqon xöjaligi yerdan oqilona foydalanmasa, ijara şartnomasi sud orqali muddatidan oldin bekor qilinadi. Buni har bir dehqonga tuşuntiriş kerak.

Bir oy muddatda 80 ming gektar yerlar lotlarga bölinib, oçiq tanlovga çiqarilsin. Har bir yer uçastkasi 2 kunda kadastr röyxatidan ötkazilişi şart», deya prezident sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.