26 sentyabrda ötkazilgan Bundestag saylovlaridan keyin olib borilgan ikki oylik muzokaralardan söng Germaniya parlamentida Olaf Şols kansler böladigan uç partiyali koalitsiya şakllandi.
Şolsning parlament tomonidan kansler etib saylanişi Angela Merkelning 16 yillik hukmdorligiga yakun yasaydi.
63 yoşli Olaf Şols Gamburg meri, moliya vaziri va vitse-kansler lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Koalitsion kelişuvga erişilgani töğrisida Ğarb matbuoti xabar berdi. 24 noyabr kuni «svetofor» koalitsiya — «qizil» sotsial-demokratlar, «yaşillar» va «sariq» liberal-demokratlar partiyalari iştirokida matbuot anjumani ötkazilişi aytilmoqda.
Bloomberg agentligi ma'lumotiga köra, «yaşillar» yetakçisi, «Şimoliy oqim-2» gaz quvuri qurilişiga qarşi bölgan Annalena Berbok taşqi işlar, uning hamraisi Robert Habek iqlim va energetika siyosati sohasida qöşimça vakolatlarga ega iqtisodiyot «supervaziri» böladi. Liberal-demokratlar yetakçisi Kristian Lindnerga moliya vazirligi nasib etadi.

















