Qayd etilişiça, Ilğor texnologiyalar markazida ilk bor 2020 yilda koronavirus ştammlarini aniqlaş işlari olib borilgan, 2021 yilda esa işlar davom ettirilgan.

2021 yilning boşi va birinçi çoragida koronavirusning «Alfa» ştammi tarqalişi kuzatilgan bölsa, şu yilning ikkinçi yarmida «Delta» ştammi keng tarqalgani aytiladi.

«Hozirga kelib esa ilgari qayd etilmagan yangi mutatsiyalar aniqlanmoqda, bu bosqiçda ma'lumotlar umumlaştiriladi va ularning bioinformatik tahlili, şuningdek, tadqiqot natijalari naşrga tayyorlanadi», deyiladi ma'lumotda.

Ilğor texnologiyalar markazi direktori örinbosari, biologiya fanlari doktori, professor Alişer Abdullayevning fikriça, Özbekistonda COVID-19'ning törtta ştammi mavjud. 

Ularning bittasi «asl» Uhan ştammiga yaqin, u koronavirusga çalinganlarning taxminan 1 foizida aniqlangan. «20A» ştammi esa 7 holatda kuzatilmoqda. Şuningdek yana bir turi «Alfa» yoki Britaniya ştammi deb ataladi, u esa taxminan ön foizda qayd etilgan. Şu bilan birga bemorlarning 82 foizdan ortiği «Delta» ştammi (Hind versiyasi) bilan zararlangan.