Aholini uy-joy bilan ta'minlaş dasturi ijrosini samarali taşkil etiş masalalari muhokamasiga bağişlangan videoselektorda ma'lum qilinişiça, har bir hududda uy-joy quriliş klasterlari taşkil etiladi.

Uşbu klasterlarda:

  • loyihalaştiriş;
  • xomaşyodan tortib, tayyor mahsulotgaça işlab çiqariş zanjiri;
  • zamonaviy texnika va malakali mutaxassislari bor quriliş taşkiloti;
  • sifatni nazorat qiliş laboratoriyasi bölişi şart.

«Misol uçun, bunday klasterlar Toşkent viloyati («Binokor», «Yevro global invest») va Navoiyda («Zarafşon golden grup») taşkil etilgan bölib, quriliş konstruksiyalarining 80 foizini özi işlab çiqaradi va pudrat işlarini ham özi töliq amalga oşiradi.

Natijada, 1 kvadrat metr uyning tannarxi 3,5 million söm, ya'ni boşqa quruvçi korxonalarga nisbatan 20 foizga arzon tuşmoqda.

Viloyat hokimlari, uç oy muddatda bunday klasterlarni har bir hududda taşkil etsin. Bunda, viloyat hokimlari, masalan, yirik sement zavodlari bilan işlab, ular bilan zamonaviy uy-joy quriliş klasterlari taşkil etişlari kerak.

Kelgusi yilda uy-joy quriliş klasterlarini qöllab-quvvatlaş uçun 150 million dollar resurs jalb qilinsin», degan davlat rahbari.

Buning hisobidan, şunday klasterlarga:

  • aylanma mablağ uçun 10 milliard sömdan revolver kredit;
  • asbob-uskuna va quriliş texnikasi olib keliş uçun, 2 million dollarlik uzoq muddatli kreditlar ajratiladi.

Şuningdek, zamonaviy asbob-uskuna va quriliş texnikasi olib keliş uçun, 2 yilga bojxona imtiyozlari beriladi.

Şu bilan birga, quriliş taşkilotlariga bunday texnikalarni lizing asosida xarid qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş uçun 50 million dollar resurs ajratiş böyiça bir hafta muddatda taklif kiritilişi topşiriq qilindi.

«Infratuzilma xarajatlarini qisqartiriş uçun quriliş materiallari klasterlarini mavjud xomaşyo yoki yirik korxonalar atrofida taşkil etiş zarur.

Bunday klaster atigi bir yil içida Ğozğonda taşkil etilib, samarasini körsatdi. Hozirgi kunda, Özbekiston tumanida 11ta sement, gipsokarton, gazoblok, temir-beton, metall buyumlar, quruq qorişmalar korxonalari işga tuşirilmoqda.