Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh modernizatsiya qilingan atom bombasining ilk seriyali nusxasini ishlab chiqardi
AQSh modernizatsiya qilingan atom bombasi B61’ning ilk seriyali nusxasini ishlab chiqardi. Bu haqda AQSh energetika vazirligi huzuridagi yadro xavfsizligi milliy boshqarmasi ma'lum qildi.
Foto: middleeas
Boshqarma bayonotiga ko‘ra, gap B61-12 bombasi haqida bormoqda va u 23 noyabrda ishlab chiqarilgan. Bomba 1968 yilda qurollanishga olingan B61’ning hozirda mavjud bo‘lgan 4 ta modifikatsiyasidan 3 tasining — B61-3, B61-4 va B61 o‘rnini egallaydi. Bombaning modernizatsiya qilinishi evaziga uning yaroqlilik muddati kamida 20 yilga oshgan. B61-12’ning to‘laqonli seriyali ishlab chiqarilishi 2022 yil mayda boshlanishi, barcha zarur yadro jangovar kallaklari ishlab chiqarilishi esa 2026 moliyaviy yilda yakunlanishi rejalashtirilmoqda.
B61-12 bombasi avvalgi modifikatsiyalaridan parashyuti yo‘qligi va dum qismida qo‘llash aniqligini oshiruvchi inersial nishonga olish tizimi borligi bilan farq qiladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, bombaning trotil ekvivalentidagi kuchi ham kamayadi. Modernizatsiya natijasida bombaning barcha yadro va noyadro komponentlari yangilangan yoki o‘zgartirilgan.
B61-12’ning ilk sinovi 2015 yil 1 iyulda o‘tkazilgan. O‘shanda amerikalik mutaxassis Gans Kristensen AQSh ilk boshqariluvchi atom aviabombasini ishlab chiqayotganini aytgan.
Avvalroq BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish insoniyat yadroviy halokat yoqasida turganini aytgandi. “Butun dunyoda 14 mingga yaqin yadro quroli saqlanmoqda. Insoniyat hamon yadroviy halokatga juda yaqin turibdi”, deb aytgan bosh kotib. U, shuningdek, hozirda o‘zaro ishonch va tinchlikning yangi davrini boshlash uchun yadro qurolini yo‘q qilish fursati kelganini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
23:02 / 17.02.2026
AQSh bir sutka ichida Yaqin Sharqqa 50 dan ortiq qiruvchi samolyot jo‘natdi
22:46 / 17.02.2026
Epshteyn bilan aloqalari uchun karerasi barbod bo‘lgan odamlar sanaldi
18:18 / 17.02.2026
Urush xavfi kuchayayotgan bir paytda AQSh va Eron yadroviy muzokaralari boshlandi
13:21 / 17.02.2026