Germaniya parlamenti - bundestagning deputatlar kansler lavozimiga Olaf Şols nomzodini tasdiqlaş böyiça ovoz beradigan yiğilişi 8 dekabrda bölib ötadi. Bu haqda parlament matbuot xizmati ma'lum qildi.
Şu kuni yangi hukumat qasamyod keltirişi, sobiq kansler Angela Merkel boşçiligidagi vaqtinçalik hukumat esa öz vakolatlarini batamom topşirişi kutilmoqda.
Şols parlament saylovlarida ğalaba qozongan Sotsial-demokratik partiya yetakçisi hisoblanadi. Uning hukumatiga Erkin domokratik partiya va “Yaşillar” partiyasi ham kiradi. Uşbu uçta partiya parlamentda köpçilik öringa ega bölib, şu sababli Şols nomzodi böyiça ovoz berişga şunçaki rasmiyatçilik deb qaralmoqda.
Şols hukumatida taşqi işlar vaziri lavozimini Annalena Berbok, iqlim va iqtisodiyot böyiça vazir lavozimini Robert Xabek egallaydi. Uşbu ikki siyosatçi ham “Yaşillar” yetakçilari hisoblanadi.
Saylovlarda yutqazgan Xristian-demokratik va Xristian-sotsial ittifoqlar bloki muxolifatga aylanadi, Merkel esa katta siyosatni tark etadi.

















