Jizzax viloyati Paxtakor tumanida Lacetti boşqaruvni yöqotib beton tösiqqa urilgan. Oqibatda maşina haydovçisi va yölovçisi oğir tan jarohatlari olgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 4R-32 Yangiyer-Çimqörğon avtomobil yölining Paxtakor tumani Paxtakor qişloği hududidan ötuvçi 70-kilometrida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Paxtakor tumani Suvonobod mahallasida yaşovçi X.X. boşqaruvida bölgan Lacetti yöl çetidagi beton tösiqqa urilgan. Oqibatda haydovçi boş miya yopiq jarohati, boş miya lat yeyişi, boşning ensa sohasi yirtilişi jarohatlarini olgan.

Şuningdek, mazkur Lacetti’da yölovçi sifatida ketayotgan haydovçining qöşnisi M.K. boş miya yopiq jarohati va koma holati taşxislari bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilişiça, Paxtakor tumani IIB holat yuzasidan jinoyat işi qözğatgan.