Şavkat Mirziyoyev va Qosim-Jömart Töqayev örtasidagi muzokaralardan söng hujjatlarni imzolaş marosimi bölib ötdi.
Prezidentlar Özbekiston va Qozoğiston örtasida ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi deklaratsiyaga imzo çekdi.
Hujjatda qardoş xalqlarning hayotiy muhim va uzoq muddatli milliy manfaatlari, köp qirrali şeriklik salohiyatini töliq röyobga çiqariş maqsadi öz ifodasini topgan.
Marosimda imzolangan yana bir muhim hujjat yaqin 5 yilda Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi tovar ayirboşlaşni 10 milliard dollarga yetkaziş böyiça Amaliy harakatlar rejasi böldi. Unda ikki mamlakat tarmoqlari va hududlari uçun qulay şaroitlar yaratiş közda tutilgan.



Davlat rahbarlari huzurida hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi. Bojxona, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bartaraf etiş, fazoviy makonni tadqiq etiş va undan tinç maqsadlarda foydalaniş sohasiga doir hamda “Markaziy Osiyo” sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazini taşkil etiş töğrisidagi bitimlar şular jumlasidan. Şuningdek, savdo, investitsiyalar, energetika, transport kommunikatsiyalari, sud-ekspertlik faoliyati, mudofaa, bandlik va fan sohalarida hamkorlikni yanada kengaytiriş böyiça tegişli hujjatlarga imzo çekildi.
Toşkent va Turkiston viloyatlari, Toşkent va Nur-Sulton şaharlari, Navoiy va Qizilörda viloyatlari hokimliklari örtasida hamkorlikni kengaytiriş böyiça 2022-2023 yillarga möljallangan “yöl xarita”lari qabul qilindi.


Umuman, köp qirrali Özbekiston-Qozoğiston hamkorligining deyarli barça yönalişlarini qamrab olgan 22ta hujjat imzolandi.
- Ma'lumot uçun, Özbekiston hozirga qadar faqat Rossiya Federatsiyasi bilan 2005 yil 14 noyabrda Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomani imzolagan.

















