Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik deputat Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimini joriy etishni taklif qildi
Rossiyadagi «Spravedlivaya Rossiya – Za pravdu» partiyasi yetakchisi Sergey Mironov Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimini joriy etishni taklif qildi.
Foto: russiable
«Bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlari bilan vaqtinchalik viza rejimini joriy etish zarur. Gap faqat mehnat migratsiyasi beqarorlashtiruvchi kriminogen omilga aylanganida emas. Shuningdek, biz Rossiyaga koronavirusning yangi shtammlari kirib kelishi ehtimolini minimallashtirishimiz kerak», dedi u.
Mironovning so‘zlariga ko‘ra, uchinchi va asosiy sabab: rossiyaliklar o‘z iqtisodiyotini uning rivojlanishini sekinlashtiradigan arzon ishchi kuchidan himoya qilishi kerak. Arzon ishchi kuchi biznesni buzishi, yuqori ish haqi, ishchilarni qayta tayyorlash va texnologiyani yangilashga pul sarflamaslikka imkon berishi aytilgan.
«Moskva hukumati bu muammoni to‘g‘ri shakllantirdi: qurilish maydonchasida ikki-uch baravar kam odam ishlashi kerak, ular ikki-uch baravar tezroq qurishi va uch baravar ko‘p ish haqi olishi kerak. Bunday yondashuvni boshqa hududlar va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ham tatbiq etish lozim, shuning uchun migratsiya siyosati qattiqroq bo‘lishi kerak», dedi Sergey Mironov.
Mavzuga oid
07:52
Mudhish qotillikka qo‘l urgan o‘zbekistonlik ayol Rossiya ruhiy kasalliklar shifoxonasida qoldirildi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
07:38 / 05.05.2026
Rossiya va Ukraina vaqtinchalik sulh e’lon qildi
09:23 / 04.05.2026