Nur-Sultonda Alisher Navoiy haykali barpo etiladi
Qozog‘iston prezidenti haykal O‘zbekiston tarafi bilan bamaslahat bunyod etilishini ma'lum qildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Oqo‘rda qarorgohidagi uchrashuvlar oxirida matbuot anjumani o‘tkazdi.
Dastlab so‘z olgan Qosim-Jo‘mart To‘qayev ikki tomonlama madaniy-ma'rifiy aloqalarni mustahkamlash yo‘lida yangi loyiha amalga oshirilishini bildirdi.
«Buyuk mutafakkir, nafaqat o‘zbeklarda, balki butun dunyoda ulug‘lanuvchi shoir Alisher Navoiy sharafiga Astana (Nur-Sulton) shahrida haykal barpo etish niyatidamiz.
Biz bu masalada hamkasbim Shavkat Miromonovich bilan batafsil gaplashib oldik, haykal O‘zbekiston tomoni bilan maslahatlashgan holda bunyod etiladi.
Joy tanlash va loyihani tasdiqlash bo‘yicha ishlarni qisqa muddatda yakunlash bo‘yicha topshiriq berdik. O‘ylaymanki, bu rejamiz qardosh xalqlar orasida yaqinlikni yanada mustahkamlaydi», deya Qozog‘iston prezidentining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid

19:56
“Narxlar ancha arzonroq” - Qozog‘istondan qaytayotgan o‘zbeklar o‘zi bilan nimalar olib kiryapti?

10:02 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni Qozog‘istonga tashrif buyuradi

15:00 / 20.04.2025
Qozog‘iston yana o‘z harbiylarini Jo‘lan tepaliklariga yubordi. UNDOF missiyasi o‘zi nima vazifani bajaradi?

19:14 / 18.04.2025