Jamg‘armaning bayonotida tegishli mezonlarga javob beruvchi tashkilotlarga 44 ta grant ajratilgani aytilgan. Jamg‘arma, jumladan AQSh prezidenti Jo Baydenning iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish tashabbusi Justice40’ga 140 mln dollar ajratgan. Bundan tashqari, jamg‘arma AQSh va Afrikadagi yerlarni tiklashga 51 mln dollar yo‘naltiradi.
Ta'kidlanishicha, ushbu grantlar milliarderning jamg‘armaga o‘tkazishga va'da qilgan 10 mlrd dollarlik xayriya mablag‘larining bir qismi hisoblanadi.
Qayd qilib o‘tish kerak, hozirda Bezos iqlim bilan bog‘liq tashabbuslarga ajratgan umumiy summa 1 mlrd dollardan oshgan.
Bezosning jamg‘armasi olimlar, faollar, nohukumat tashkilotlarining iqlim va tabiat muammolarini hal qilishga qaratilgan ishlarini moliyalashtiradi.















