
Bundestag deputatlaridan 395 nafari Şols nomzodini ma'qulladi - u tasdiqlanişi uçun 369 ovoz yetarli edi.
- Olaf Şols 63 yoşda, u Germaniya sotsial-demokratik partiyasi a'zosi. Sönggi uç yil davomida u Merkel hukumatida vitse-kansler va moliya vaziri lavozimlarida işlagan. 2011—2018 yillarda Olaf Şols Hamburg şahrining rahbari sifatida faoliyat körsatgan.
Yangi hukumat tört marta Xristian-demokratik ittifoq partiyasini ğalabaga yetaklab kelgan Angela Merkel kabineti örnini egallaydi.
Bundestag uçun sentabr oyida ötkazilgan sönggi saylovda Merkel iştirok etmadi. U uç yil oldinroq 2021 yilda siyosatdan ketişini e'lon qilgandi va saylovlarda uning partiyasi mağlub böldi.
Yakunda Merkelning kanslerligi 16 yil va 15 kun davom etdi. Agar yangi koalitsiya böyiça muzokaralar yana 12 kunga çözilganida, u Germaniya kansleri lavozimida Otto fon Bismarkdan keyin eng köp vaqt davomida bölgan Helmut Kolning rekordini yangilagan bölardi.
Saylovlarda XDIning sönggi hukumatida ittifoqçi bölgan Olaf Şols yetakçiligidagi sotsialistlar ğolib çiqdi va ular xristian-demokratlar bilan koalitsiya tuzmasdan, saylovda uçinçi va törtinçi örinlarni egallagan yaşillar hamda Erkin demokratlar partiyasi bilan yangi hukumat koalitsiyasi tuzişga qaror qildi. Bu koalitsiya Germaniyada «svetofor» (Ampel-Koalition) nomini oldi - uç partiyaning ramziy ranglaridan kelib çiqqan holda.
Koalitsiya iştirokçilari yangi hukumat dasturi böyiça faqat noyabr oyi oxiriga kelib kelişuvga erişdi va 4-6 dekabr kunlari uç partiya birin-ketin bu koalitsion kelişuvni ma'qulladi: sotsialistlar va erkin demokratlar - partiya konferensiyalarida, yaşillar esa - barça partiyalar vakillarining umumiy ovoz beriş jarayonida. Seşanba kuni yakuniy kelişuv imzolandi va Olaf Şolsning yangi hukumati bundestag tomonidan tasdiqlanişi uçun barçasi tayyor böldi.

«Svetofor koalitsiya» va kansler Şolsomat. Germaniyaning yangi hukumati va rejalari haqida














