Toshkent shahri Olmazor tumanidagi “G‘alaba bog‘i” hududida pandemiya bilan kurashda jonini fido qilgan tibbiyot xodimlari xotirasiga xiyobon barpo etiladi.
Poytaxt hokimligiga ko‘ra, 11 dekabr kuni boshlanadigan aksiyaning birinchi bosqichida 61 tup daraxt xususan, chinor, qayrag‘och va akatsiyalar ekish rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, ushbu tashabbusga befarq bo‘lmagan toshkentliklar daraxtlarni ekishda ishtirok etish va loyihaga homiylik yordamini ko‘rsatishga taklif qilinadi.















