Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Julian Assanjni ekstraditsiya qilish bo‘yicha sudda yutib chiqdi
AQSh avstraliyalik jurnalist va Wikileaks asoschisi Julian Assanjni ekstraditsiya qilish bo‘yicha London Oliy sudidagi ishni yutib chiqdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Sud appelyatsiya arizasini qanoatlantirdi», dedi sudya Timoti Xolroyd. Uning aytishicha, AQSh Britaniya hukumatiga Assanjni ushlab turish shartlari jamlangan maxsus hujjatlar paketini taqdim etgan.
50 yoshli Assanj 18 ta punkt bo‘yicha ayblanmoqda. AQSh ilgari surayotgan ayblovlar bo‘yicha Assanj 175 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Joriy yil yanvar oyida London sudi AQSh tomonining Assanjni ekstraditsiya qilish bo‘yicha ayblovini rad etgan. Sud hay'ati Assanj AQShda yomon sharoitda va bosim ostida saqlansa, o‘z joniga qasd qilishi mumkin degan xulosaga kelgan. Bu galgi sudda esa AQSh hukumati vakillari Assanj mamlakatda yomon sharoitda saqlanmasligiga ishontiruvchi dalillar taqdim etgan.
Julian Assanjga 2012 yilda AQSh hukumati tomonidan hukumat kompyuterlari, tizimlariga buzib kirish va josuslik bo‘yicha ayblov e'lon qilgandi. Assanj xususan, Markaziy razvedka byurosi va Milliy xavfsizlik agentligi kompyuterlariga buzib kirganlikda ayblanadi.
Assanj Londondagi Belmarsh qamoqxonasida saqlanayotgandi.
Mavzuga oid
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026