Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida endokrin kasalliklarning oldini oliş, ularni erta aniqlaş va davolaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötmoqda.
"Afsuski, respublikada endokrin kasalliklarini barvaqt aniqlaş va davolaşga 25 yil davomida e'tibor susayib ketgani ham adolatli haqiqat", dedi davlat rahbari sözining avvalida.
Kun.uz muxbiri xabariga köra, yiğilişda keyingi yillarda sohada qilingan işlar sanab ötildi. Jumladan, sönggi uç yilda endokrinologiya sohasini takomillaştirişga qaratilgan alohida dastur amalga oşirildi, endokrinologiya markazining 14 ta filiali moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş uçun 3,5 million dollar ajratildi, filiallarda maxsus bölimlar taşkil etilib, respublika markaziga murojaatlar 2 barobarga kamaydi, ya'ni qariyb 5 ming nafar fuqaroning sarsongarçiligi va ortiqça xarajatlarining oldi olindi, har yili 80 ming nafar bemor insulin bilan bepul ta'minlanmoqda.
Hozirda Respublika endokrinologiya markazi uçun eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadigan 600 örinli yangi bino qurilmoqda. Prezident topşiriğiga köra, markaz faoliyati köp tarmoqli şaklga ötkaziladi.












