Nijniy Novgorod yaqinida O‘zbekiston fuqarolari YTHga uchradi
Nijniy Novgorod yaqinida O‘zbekiston fuqarolari yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda «Sputnik» xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Rossiyaning Nijniy Novgorod oblastida avtobus bilan sodir bo‘lgan YTHda O‘zbekiston fuqarolari jabrlandi.
«11 kishi tan jarohati oldi, ulardan biri halok bo‘ldi, 10 nafar kishi jarohatlangan (O‘zbekiston fuqarolari), ularga ambulator yordam ko‘rsatildi», — deyiladi «RIA Novosti»ning tezkor xizmatlarga tayangan holda tarqatgan xabarida.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, avtobusda 23 kishi — «Progress» MChJ agrokompleksi xodimlari bo‘lgan.
Jabrlanganlarga tezkor yordam ko‘rsatishga 19 kishi va oltita texnika, jumladan, Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olti kishi va ikki dona texnika jalb qilingan.
Payshanba kuni kechqurun Ardatovskiy tumanidagi Ardatov – Arzamas mahalliy yo‘lida, Ideal qishlog‘i yaqinida smenali avtobus va «KAMAZ» yuk mashinasi to‘qnashib ketgan.
Rossiya Ichki ishlar vazirligining Nijniy Novgorod oblasti bo‘yicha bosh boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, avtobus haydovchisi yo‘l sharoitiga mos kelmaydigan tezlikda harakatlangan. Oqibatda mashina qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan. Avtobus haydovchisi halok bo‘lgan.
11 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. Avvalroq, mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi 7 nafar qurbon haqida xabar bergan.
Nijniy Novgorod oblasti prokuraturasi tekshiruv o‘tkazmoqda, Ardatovskiy tumani prokurori vazifasini bajaruvchi amaldor huquqni muhofaza qilish organlari va tezkor xizmatlarning harakatlarini muvofiqlashtirish uchun voqea joyiga yetib borgan. Voqea sabablari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid

20:30 / 31.03.2025
Rossiyaning yana bir hududi migrantlar mehnatiga cheklovlar joriy qildi

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024