"Topşiriğimga köra, ikki oy davomida joylarga çiqib, sohadagi haqiqiy ahvol, ham aholini, ham şifokorlarni qiynayotgan muammolar örganildi. Haqiqatan ham, kasalliklarning oldini oliş borasida birlamçi böğinda hali qilinadigan işlar köp.
Misol uçun, sönggi beş yilda endokrin kasalliklari 20 foizga ortib, ayniqsa, yoşlar orasida köpaymoqda. Endokrin kasalliklarining oğir oqibatlari asosan Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston, Andijon, Namangan va Toşkent viloyatlariga töğri kelmoqda.
Endokrin kasalliklarini birlamçi böğinda erta aniqlaş uçun murakkab uskunalar xarid qiliş şart emas. Buning uçun laboratoriyalarni jihozlaş, zarur reaktivlar bilan ta'minlaş va nafaqat endokrinolog, balki oilaviy şifokorlarni ham tayyorlaş katta samara beradi", deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Prezident endokrin kasalliklarining oğir oqibatlari asosan qaysi hududlarga töğri kelayotganini ma'lum qildi
22:52 / 10.12.202112 2691 min
Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida endokrin kasalliklarning oldini oliş, ularni erta aniqlaş va davolaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.













