Kun.uz muxbiri xabariga köra, davlat rahbari sohadagi muammoli masalalar mavzusiga töxtaldi:

"Bitta tumanda kamida 10-15 ta laboratoriya bölgani bilan qonni tahlil qilişga şaroit va mutaxassislar malakasi yetişmasligi oqibatida diabetning oğir asoratlari – köz, buyrak va töpiq kasalliklari böyiça respublika muassasalariga murojaatlar 10 foizga oşgan.

Tuman şifoxonasida diabeti bor bemordan bir sutkalik statsionar kuzatiş davomida örtaça 8 marotaba qon tahlili oliş zarur bölsa-da, 15 ta laboratoriya va 60 dan ortiq xodimi bölgan tuman darajasida buning imkoni yöq.

Sababi oddiy - markaziy şifoxona va markaziy poliklinikada laboratoriyalarning iş vaqti tuşlik payti – soat 14:00da tugaydi. Tun-u kun işlaydigan şoşilinç tibbiy yordam bölimi laboratoriyasi esa, bir hududda böla turib, şifoxonaning boşqa bölimlariga xizmat körsatmaydi.

Yoki, tumanlarda yod defitsiti, qalqonsimon bez kasalliklarini aniqlaş böyiça gormonal tahlillar yölga qöyilmagani bois, aholi xususiy laboratoriyalarga borişga majbur bölmoqda.

Oqibatda xalqimiz soğliqni saqlaş tizimidan mutlaqo norozi. Bularni viloyat, tuman va şahar hokimlari, soğliqni saqlaş idoralari boşliqlari bilmaydimi? Şu bois, endokrin kasalliklarini barvaqt aniqlaş, ularning oldini oliş va davolaş böyiça alohida dastur qabul qilinadi", dedi prezident.