Kun.uz muxbiri xabariga köra, davlat rahbari tibbiyot muassasalarida laboratoriya xizmatlari körsatişning mutlaqo yangi tizimi joriy etilişini ma'lum qildi.
Bunda:
- ikki oy muddatda laboratoriya tahlillari normativlari xalqaro tajriba asosida töliq qayta körib çiqilib, yangilanadi;
- tumanlarda oilaviy va markaziy poliklinika, markaziy şifoxona hamda şoşilinç tibbiy yordam bölimi laboratoriyalari maqbullaştirilib, tun-u kun işlaydigan markaziy laboratoriyalar taşkil etiladi;
- ularga oilaviy poliklinika va şifokor punktlaridan materiallarni yiğib oliş uçun transport vositalari olib beriladi;
- kelgusi yil davomida markaziy laboratoriyalardagi 1 mingdan ziyod şifokorlar va 3 mingdan ortiq örta tibbiyot xodimlarining malakasi oşiriladi.
Davlat rahbari laboratoriya tahlillariga xususiy sektorni jalb qiliş böyiça ijobiy tajribani joriy qiliş masalasiga töxtaldi.
Mirzo Uluğbek, Yunusobod va Oqoltin tumanlari tibbiyot birlaşmalari tarkibida bölgan şifoxona va poliklinikalarga qaraşli laboratoriyalar autsorsing asosida xususiy sektorga berilgan.
Xususiy laboratoriya tahlillar uçun biomateriallarni özi maxsus transport orqali yiğib, ularning natijalarini elektron tizim orqali şifokorlarga taqdim qilmoqda.
Natijada, davlat tibbiyot muassasalarida bir oyda örtaça 20 mingta tahlil ötkazilgan bölsa, xususiy laboratoriya tomonidan bu körsatkiç 30 mingtaga yetkazilgan.
Şularni inobatga olib, Toşkent şahrining barça tumanlari, Toşkent viloyatining 5 ta tumani, boşqa viloyatlarda bittadan tuman va şaharda 2022 yil davomida uşbu tajribalarni sinovdan ötkaziş topşiriği berildi.













