Kun.uz muxbiri xabariga köra, videoselektor yiğilişida kelgusi yilda tumanlararo endokrinologiya bölinmalari 29 tadan 50 taga köpaytirilişi ta'kidlandi.

Viloyat ixtisoslaşgan filiallarni 80 milliard sömlik zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlaş hisobiga xizmatlar soni 15 tadan 40 tagaça yetkaziladi.

Yiğilişda Toşkentdagi 3 ta hamda Nukus, Andijon, Buxoro, Samarqand, Farğona, Urganç tibbiyot oliygohlarining endokrinologiya kafedralarini pastga tuşiriş zarurligi qayd etildi. Kelgusi yil 1 iyulga qadar birlamçi böğin uçun zarur bölgan 400 nafar mutaxassisni qayta tayyorlaş vazifasi qöyildi.

Yangi köp tarmoqli endokrinologiya markazida 20 dan ziyod yuqori texnologik amaliyotlar yölga qöyiladi. Bunda, gormonal va mineral buzilişlar (osteoporoz), endokrin ginekologiya, reproduktiv, onko-, neyro- va oftalmo-endokrinologiya, nefrologiya, kardio-diabet va intervension xirurgiya kabi yönalişlar taşkil etiladi.

Rossiya va Yevropaning nufuzli tibbiyot taşkilotlarida har yili kamida 50 nafar şifokor malakasini oşirişni ta'minlaşga topşiriq berildi.
 
Umuman, markaz öz yönalişida ilmiy-innovatsion muassasaga aylantiriladi, doktoranturaga kvotalari 2 baravarga oşiriladi.